Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Sambochilarimiz Moskvada o‘tkaziladigan jahon kubogida qatnashadi

Sambochilarimiz Moskvada o‘tkaziladigan jahon kubogida qatnashadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 22-23 mart kunlari Rossiya poytaxtida sambo bo‘yicha jahon kubogi uchun bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Sambo sporti asoschilaridan biri A.A.Xarlampiyev xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan musobaqada Armaniston, Belarus, Vengriya, Venesuela, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kuba, Kamerun, Qozog‘iston, Koreya, Moldova, Marokash, Niderlandiya, Rossiya, Ukraina, Filippin, Yaponiya kabi jami 21 davlatdan 250 sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Erkaklar (52, 57, 62, 68, 74, 84, 90, 100 va +100 kg) va ayollar o‘rtasida (48, 52, 56, 56, 60, 64, 68, 72, 80 va +80 kg), shuningdek jangovar sambo (52 gacha, 57, 62, 68, 74, 84, 90, 100 va +100 kg vazn toifalarida) bo‘yicha o‘tadigan bellashuvlarda bir necha bor jahon va Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan sport ustalari ishtirok etishadi.

Jahon kubogida Roman Shakirov murabbiyligida quyidagi 9 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Erkaklar:

- 62 kg: Davlatjon Hamroyev

- 68 kg: Timur Xudoyqulov

- 74 kg: Abbos Jalolov

- 90 kg: Ne’mat Yoqubov

Ayollar:

-52 kg: Zuxraxon Ma’murjonova

-60 kg: Zarnigor O‘rmonova

Jangovar sambo:

- 74 kg: Istam Qudratov

– 82 kg: Bekzod Nurmatov

+100 kg: Hakimjon Ismoilov

Ma’lumot uchun, 1983 yilda “A” toifa darajasi berilgan mazkur musobaqa g‘oliblariga xalqaro toifada sport ustasi unvoni beriladi. 2009 yildan boshlab “Xarlampiyev memoriali” sambo bo‘yicha jahon kubogi va superkubogi bosqichlari orasida eng nufuzlisi, deya tan olingan. 2015 yildan esa mazkur turnir ushbu sport turi bo‘yicha rasmiy va yagona jahon kubogi hisoblanadi.

Manba: minsport
Kiritildi: 17:21, 14.03.2019.
O'qildi: 1957 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.