"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu xet-trigi bilan jamoasini YECHL 1/4 finaliga olib chiqqanidan keyin Turinda haqiqiy qahramonga aylandi.
"Atletiko"ga qarshi o‘yindan keyin futbolchi oilasi bilan Turindagi "Catullo" restoraniga tashrif buyurdi. Bu yerda u va uning oilasini gulduros qarsaklar bilan kutib olishdi.