Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Beyl ketadigan vaqti bo‘lmadimi?

Beyl ketadigan vaqti bo‘lmadimi?

Baho:
+ | -
Bo'lim:

Garet Beyl so‘nggi yillarda o‘z imkoniyatlarining yarmini ham ko‘rsata olmayapti. Unga jarohatlar va o‘zi uchun begona bo‘lgan pozisiyada o‘ynagani to‘sqinlik qilishda davom etmoqda. Futbolchining «Real Madrid»dagi kelajagi yana savol ostida qolmoqda?! Zizu o‘z uslubida ishlashni davom etsa, Beyl katta ehtimol bilan yana zahiradan o‘yinga qo‘shuluvchi futbolchiga aylanadi. Futbolchining kelajagi uchun yangi loyihalarni ko‘rib chiqish zarar qilmagan bo‘lar edi.

«Napoli»

Futbolchi Karlo Anchelotti qo‘l ostida ancha sermahsul o‘yin ko‘rsatgan edi. Yodingizda bo‘lsa Karlo ota uni o‘zi uchun qulay bo‘lgan pozisiyasida maydonga asosiy tarkibda tushurar edi. Mutaxassis o‘z intervyularida uning imkoniyatlari anchayin katta ekanligini ko‘p bor ta’kidlagan.
Anchelottining ketishi Beyl uchun asosiy tarkibdan tushib qolishni boshlanishi bo‘ldi. Hozirda «Napoli» «Italiya A» seriyasida g‘oliblik uchun kurashda «Yuventus»ga kuchi yetmayapti. Uelslik futbolchi chempionlik uchun kurashda g‘olib chiqishi uchun klubga yetishmayotgan futbolchidir? Har xolda 30 yoshdan so‘ng Italiya «A seriyasida» o‘ynash «Ispaniya La Ligasida» to‘p tepishdan ko‘ra futbolchi uchun ham yengilroq bo‘lar edimi?! Umuman olganda Beyl uchun «Napoli» varianti ustida o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi

«Tottenhem»

Futbolchi  «Shporlar» safida o‘zini ancha erkin his qilishi aniq. Nima qilsa ham, o‘z uyi! Uning qaytishi «nimadir» yetishmasligi evaziga har mavsum sovrinlarsiz qolayotgan «Tottenhem» uchun ajoyib imkoniyat. Top darajadagi yulduz uchun ham muddao bo‘lishi mumkin. Klubda hamma narsa mavjud: yaxshi murabbiy, ajoyib muxlislar, shakllangan tarkib. Garet bu klub safini tark etayotganda o‘ta iqtidorli kelajagi porloq futbolchi edi. Hozirda qahramonimiz klublar o‘rtasida jamiki turnirlar g‘olibiga aylangan top saviyadagi tajribali futbolchi bo‘lib yetishdi. Uning ulkan tajribasi muhim uchrashuvlarda «Tottenhem» uchun qo‘l kelishi aniq.

«Manchester Yunayted»

Garet hali futbol olamida o‘z so‘zini to‘liq aytganicha yo‘q. O‘z vaqtida «Manchester Yunayted» taklifini rad etib Ispaniyaga yo‘l olgan futbolchi ortga qaytish haqida hozirda jiddiy o‘ylamoqda. Uning APLga qaytishi chempionatning  yanada  zavqliroq ko‘rinish olishini ta’minlagan bo‘lar edi. Garet harakat qiladigan hujumkor o‘ng qanot hozirda «qizil iblis»larning eng ojiz nuqtalaridan biri bo‘lib turibdi. Uning kelishi kuchayib borayotgan «Manchester Yunayted»ning yana grandlar safiga qaytishini ta’minlagan bo‘lar edi. Umuman olganda «Real Madrid» uning uchun talab qilgan summani Ingliz klubi katta qiyinchiliksiz yetkazishi aniq. Tashqaridan qaraganda «Manchester Yunayted» hamma uchun qulay variantdek ko‘rinmoqda!

«PSJ»

Futbolchiga  moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilab olishi uchun o‘ta qulay imkoniyat! Bundan tashqari, yozda klub Kavani va Di Mariani sotishi mumkinligi haqida  mish-mishlar ko‘paymoqda. Beyl esa Neymar va Mbappe bilan birgalikda tezkor hujum uchligini hosil qilishi mumkin. Beyl o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsada, hali ham «Super yulduz» maqomidagi futbolchi! Bu esa parijliklar uchun ayni muddao. Klub o‘z safida super yulduzlar harakat qilishini xohlaydi. Bu rivojlanish yo‘lidan ketayotgan klubning imidji uchun o‘ta muhim faktor! Shunga qaramay, ushbu variantning amalga oshish foizi qolganlarnikidan anchagina pastroq. Sababi, «PSJ» moliyaviy «Feyr-Play» qoidasiga rioya qilishga majbur.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:35, 16.03.2019.
O'qildi: 9212 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.