Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Hakamlar odil bo‘lishi mumkinmi?!

Hakamlar odil bo‘lishi mumkinmi?!

Baho:
+ | -
Bo'lim:

Yaqinda o‘z kasbiga nolyoyiq hunarlar ko‘rsatgan hakamlar haqida maqola e’lon qilgan edik.Bugun ushbu maqolaning aksini e’tiboringizga havola qilamiz. Bugun o‘zining ajoyib hakamligi orqali futbol olamidagi ajoyib uchrashuvlarni bezab bergan referilar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Nikolo Rissolli

Italiyalik qattiqqo‘l hakam o‘zining hakamlik uslubiga ega inson. U boshqargan uchrashuvlarning birortasida vaziyatni qo‘ldan chiqarib yubormagan .  Rissolli  qabul qilgan qarorlar o‘yindan so‘ng ko‘pincha muhokama qilingan bo‘lsada,  har safar hakam qabul qilgan qaror to‘g‘ri bo‘lib  chiqqan. Uning kar tochkalarni ayamasdan tarqatishi avvaliga ko‘pchilikda hakamga nisbatan ishonchsizlik hissini uyg‘otishi mumkin, ammo qahramonimiz o‘z uslubiga suyangan holda uchrashuvni qo‘l ostida ushlab turadi va o‘z ishini ajoyib uddalaydi.

Ravshan Ermatov

Futbol olamidagi eng mashhur o‘zbek! Bu reytingimizga vatandoshimiz haqli ravishda kirdi. Uning 2010-yildagi JCHdagi ajoyib ishtirokidan so‘ng «Le Gazetta dela Sport» nashri u haqida Mundial kashfiyotlari nomli maqolani e’lon qilgan edi. Vatandoshimiz  JARdagi hakamligi orqali butun futbol olamiga tanilib ketdi.
 Ravshan Ermatov o‘zi boshqargan uchrashuvlarda iloji boricha o‘yinga aralashmaslikka urunadi va kamdan-kam hollarda bahsli qaror chiqaradi. Uning JCHlarda ishlash bo‘yicha mutloq rekordchi ekanlgi so‘zlarimizga isbot bo‘la oladi.

Martin Klattenburg

O‘zining keskin qarorlari bilan tezda mashhur bo‘lib ketgan ingliz o‘z kariyerasi davomida bir nechta finallarni boshqarishga ulgurdi.Uning Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa chempionatining finalidagi hakamligi o‘ta yuqori baholangani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. U bundan tashqari APL da  2017-yilga qadar ham har mavsum deyarli 10 ga yaqin o‘ta muhim uchrashuvlarni ajoyib  boshqarib kelgan. Hozirda FIFA hakamlar qo‘mitasida faoliyat olib bormoqda.

Hovard Uebb

Qahramonimiz 2014-yilda o‘z faoliyatiga nuqta qo‘ygan bo‘lsada, xali-hamon muxlislarning yodidan chiqqani yo‘q. Uning pik nuqtasi 2010-yilga to‘g‘ri keladi. Aynan o‘sha yili Uebb Chempionlar ligasi finalini va Jahon chempionati finalini boshqargan va o‘ziga xos rekord sohibiga aylangan edi. U o‘zi boshqargan uchrashuvlarda sariq kartochkani ayamay bersada, juda kamdan-kam holatlarda qizil kartochkani cho‘ntagidan olgan. Uning qizmatlari evaziga Angliya hakamlik maktabining obro‘si xalqaro arenalarga ko‘tarildi. Aslida polisiya ofiseri sanaladigan qahramonimiz futbol tarixida o‘zidan iz qoldirishga ulgurdi.

Piyerluiji Kollina

«Futbol olamidagi eng mashhur 10 ta shaxsdan biri»,- deya e’tirof etiluvchi italiyalik hakam hozirda FIFA va UEFA hakamlar qo‘mitasi raisi vazifasida ishlab kelmoqda. U o‘z kariyerasi davomida ko‘plab finallarni va o‘ta muhim uchrashuvlarni ajoyib boshqargani bilan ko‘pchilikning yodida qolgan. Aslida, qahramonimizni mashhur qilgan jihat bu emas.
Gap shundaki uning kariyerasi eng gullagan chog‘ida  Italiya «A seriyasi» kichik jahon chempionati deya yuritilar, har bir ochko oltinga teng edi. Italiya mafiyalari boshchiligidagi klublar uning hakamligiga ta’sir o‘tkazishga juda ko‘p bor urunishgan. O‘z maqsadlariga yeta olmaganlar esa ikki bor unga suiqasd uyushtirishadi. Baxtga qarshi har safar tirik qolgan Kollina hech narsaga qaramay, odillik bilan hakamlik qilishda davom etaveradi. Bu esa ko‘p o‘tmay uning butun dunyo ommasi e’tiboriga tushishini ta’minlaydi. Avvalari VAR va golni aniqlovchi uskunasiz ham uchrashvlarni haqqoniy boshqargan Kollina hozirgi kunlarimizga qadar hakamlar uchun xalollik ramzi bop’lib kelmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:42, 17.03.2019.
O'qildi: 3044 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.