Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Aleksandr Andronikashvili: «O‘zbekistonda futbolni juda yaxshi ko‘rishlarini eshitdim»

Aleksandr Andronikashvili: «O‘zbekistonda futbolni juda yaxshi ko‘rishlarini eshitdim»

Baho:
+ | -

Bu yilgi mavsumda «Andijon» sharafini himoya qiladigan yangi futbolchilardan biri, gruziyalik legioner Aleksandr Andronikashvilining faoliyatida shubhasiz yangi sahifa ochilmoqda.

Tez orada tarkibimizga qo‘shiladigan ushbu o‘yinchi klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi.

— «Andijon» klubiga o‘tishingiz qanday yuz bergani haqida to‘xtalib o‘tsangiz.

— Bilasizmi, hammasi juda tez va kutilmaganda sodir bo‘ldi.

— Adashmasam, siz «Dila» jamoasi bilan ikkita sovrin yutdingiz. Endi «Andijon» bilan ham birga sovrin yutishni xohlayotgandirsiz-a?

— Ha, 2025 yil bu borada muvaffaqiyatli bo‘ldi. Men «Andijon» bilan maksimal maqsadlar uchun kurashish borasida qo‘limdan keladigan hamma narsani qilaman.

— Faoliyatingizda ilk bor legioner sifatida chetda to‘p surasiz. Bungacha nega legionerga aylanmagansiz?

— Ilgari ham variantlar bor edi. Lekin men to‘g‘ri vaqtni va to‘g‘ri tanlov uchun jamoani kutayotgandim. Ishonchim komilki, bu qarorim muvaffaqiyatli bo‘ladi.

— O‘zbek futboli va xususan «Andijon» haqida nimalarni bilardingiz?

— O‘zbekistonda futbolni juda yaxshi ko‘rishlarini eshitdim. «Andijon»ga kelsak, ularning o‘zgacha muxlislari borligini bilaman.

— «Andijon» klubidan taklif haqida eshitganingizda ilk fikringiz qanday bo‘ldi?

— Menga ko‘p narsalar yoqdi. Avvalo, murabbiy, muxlislar, mashg‘ulot bazasi va stadion.

— Yangi jamoada qaysi raqamda o‘ynashni xohlaysiz?

— Bu unchalik muhim emas. Lekin 6-raqam yaxshi bo‘lardi. Chunki men bu raqam bilan muvaffaqiyatli mavsumlarni o‘tkazdim.

— Yana bir gruziyalik futbolchi — Ashortia ham «Andijon»da to‘p suradi. U bilan ham gaplashdingizmi?

— Ha, albatta. Men u bilan gaplashdim va O‘zbekistonda o‘ynash tajribasiga ega bo‘lgan gruzin jamoadoshimga ega bo‘lish juda yoqimli.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:49, 01.01.2026.
O'qildi: 1739 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик