Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

YECHL. Nimchorak finalining eng yaxshi o‘ychinchilari

YECHL. Nimchorak finalining eng yaxshi o‘ychinchilari

Baho:
+ | -1

Chorak final uchun kechgan play-off bahslari bir-biridan qiziq uchrashuvlarga boy bo‘ldi. Biz bu bosqichda kambekning  ham, sensasiyaning ham guvohi bo‘ldik. Bugun ushbu bosqichda o‘z pozisiyasida eng yaxshi va eng yomon o‘yin namoyish etgan futbolchilar bilan tanishamiz

Darvozabon. Ugo Lyoris

Ushbu bosqichda “Ayaks“ kipperi Onana bir qarashda o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata oldi, ammo Lyoris bu bosqichda eng zo‘ri bo‘ldi, desak, adashmagan bo‘lamiz. Loris Bundesligada peshqadamlik qilayotgan klubga qarshi ikki uchrashuvda 13 bor seyfni amalga oshirdi va o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Himoyachi. Virjil van Deyk

Ilk uchrashuvni o‘tkazib yuborgan qahramonimiz ikkinchi uchrashuvda jamoasini deyarli “elkasidako‘tarib“ keyingi bosqichga olib chiqdi. “Bavariya“ga qarshi mehmonda kechgan uchrashuvda Levandovskiyni personal ravishda qo‘riqlashni uddalagan himoyachi o‘yin taqdirini hal qilgan golni ham kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Uning himoyadagi ishonchli o‘yini esa o‘sha kuni nemislarning hujumlarini keskin tus olishiga yo‘l qo‘ymadi. Virjil o‘sha kuni 1 ta gol urdi va to‘p uchun kechgan  kurashda 100%li natija ko‘rsatgan holda biror marotaba yengilmadi.

Yarim himoyachi Frenki de Yong

Chempionlar ligasi 1/8 bosqichida bir nechta yarim himoyachilar o‘z o‘yinlari bilan jamoasining g‘alabasiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Pyanich, Jan, Fred, Maktominay singari futbolchilar shular jumlasidan. Shunga qaramay, Frenki de Yong ushbu bosqichda mutloq ajralib turdi. Uning “qirollik klubi“ga qarshi kechgan ikki o‘yini mobaynida bir necha bor to‘p uchun kurashda g‘olib bo‘lgani va ko‘plab hujumlarni himoyadan boshlab bergani so‘zimizga isbot bola oladi. Frenki, ayniqsa Madriddagi uchrashuvda  to‘p uchun kurashda yengilmadi. U boshlab bergan 3 ta jum gol bilan yakunladi. Eng qiziq tomoni shundaki o‘sha kuni De Yong himoyachilarga juda yaqin joylashgancha pleymeykerlik vazifasini bajardi. Zamonaviy futbolga yangi amplua olib kirayotgan yosh iqtidor so‘zsiz ECHLning so‘nggi bosqich play-offida eng yaxshi yarim himoyachi deya topildi

Hujumchi Ronaldo

Ushbu bosqichda fubol olamining ikki tirik afsonalari qolganlardan yaqqol ajralib turishdi. Messi“Lion“ darvozasiga 2 ta gol va 2 ta gol plyus pasni amalga oshirgan bo‘lsa, turnirda Ronaldo nimalar qilganini hamma ko‘rdi. Umuman olganda ikki futbolchi ham o‘z davrlari hali-beri tugamaganligini ko‘rsatib qo‘yishdi. “Atletiko Madrid“dek himoyalanishning ustasi sanaladigan klub darvozasini uch bor ishg‘ol qilgan Ronaldo bu bosqichda o‘z o‘yini evaziga klubini kuchli sakkiz klub safiga qo‘shilishiga sabab bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida, ushbu bosqichda Ronaldoni eng yaxshi hujumchi deya e’tirof etish uchun yetarlicha asos bo‘la oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:38, 18.03.2019.
O'qildi: 10188 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.