Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Baxsli “Oltin to‘p“ egalari

Baxsli “Oltin to‘p“ egalari

Baho:
+ | -
Bo'lim:

“Frans Footbal“ nashri tomonidan topshirib kelinayotgan “Oltin to‘p“ sovrini futbolchilar uchun birinchi raqamli sovrin bo‘lib kelmoqda.  Afsuski, bu sovrin g‘oliblari har doim ham da’vogarlardan ustun bo‘lishmagan. Bugun ana shunday baxsli oltin to‘p egalari haqida...

2001-yil

O‘sha yili bu nominasiya uchun ikki yigit kurash olib borishgani ko'pchilikning yodida. Biri “Real Madrid“ bilan ajoyib mavsumni o‘tkazgan YCHL to‘p urari bo‘lgan Raul bo‘lsa, ikkinchisi “Liverpul“ safida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan - Oven. Ovoz berish jarayoni oldidan ko‘pchilik Raulning g‘alabasini tahmin qilgan edi, ammo 140 ta ovoz ham ispaniyalik futbolchiga kamlik qildi. O‘sha oqshom 175 ta ovoz bilan ingliz futbolchisi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. O‘sha yili Raul “Oltin to‘p“ uchun juda yaqin keldi ammo, qo‘lga kirita olmadi. O‘sha baxsli vaziyat haqida keyinchalik tezda unutishdi, biroq Raul unutmasa kerak. Sababi, u bu nominasiyaga boshqa hech qachon bu qadar loyiq bo‘lmagan edi.

2004-yil

Andrey Shevchenko 2004-yilda Italiya “A“ seriyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va mavsum davomida 24 ta gol urgandi. O‘sha yili Anri boshchiligidagi “Arsenal“ mag‘lubiyatsiz seriyani namoyish qilib APL da g‘olib bo‘lgan. Qahramonimiz  30 ta gol bilan to‘purarlar poygasida mutloq tengsiz edi. “Frans Football“ nashri esa negadir futbolchini kuchli uchlikka ham kiritmadi. Ko‘pchilik yaxshi eslasa kerak, Anrining o‘sha mavsumdagi fantastik reydlari futbol olamini hayratda qoldirgan edi...

Bechora Anri “Oltin to‘p“ uchun kurashda kuchli uchlikka ham kira olmaydi va boshqa bu nominasiyaga loyiq deb topilmaydi. To‘g‘ri, Shevaning iqtidoriga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas ammo, Tiyeri Anri undan sira qolishmas edi...

2006-yil

Yodingizda bo‘lsa, Fabio Kannavaro ushbu sovrinni qo‘lga kiritganida ko‘plab ekspertlar norozi bo‘lishganini yashirib o‘tirishmgandi. O‘sha yili JCH da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Italiya terma jamoasida yaqqol ajralib turgan futbolchi bo‘lmagani sababli sovrin aynan Kannavaroga topshirilgandi. Eng qizig‘i shundaki, o‘sha mundialda eng yorqin o‘yinlar ko‘rsatgan Zidan esa bu safar “Oltin to‘p“ga loyiq bo‘lsada, chetda qolib ketdi. Vaholanki, Zizu mundialda terma jamoasini yelkasida ko‘tarib finalga olib chiqqan, uning termasi penaltilar seriyasi evazigagina chempionatda g‘olib bo‘la olmagandi. Anchayin baxsli vaziyat...

2010-yil

Messi qo‘lga kiritgan yutuqlarining hammasida sovrin uchun loyiq bo‘lgan ammo, 2010-yildagi “Oltin to‘p“ bundan mustasno. O‘sha yili Snayder “Inter“ tarkibida trebl qayd etgan, JCHda finalgacha borgan, o‘zining eng kuchli mavsumini o‘tkazgan edi. Achinarlisi, o‘sha yili Gollandiyalik futbolchi kuchli uchlikka ham kirmagan edi. Jahon chempionati finalida oltinga teng golni urgan Iniyesta chetda qolib, Messi sovringa ega chiqqani katta shov-shuvga sabab bo‘lgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. Nima ham derdik, vaqt hamma dardga davo, ammo ...

2013-yil

2012-13-yilgi mavsumlarda “Bavariya“ klubi trebl qayd etgani ko‘pchilikning yodidan chiqmagandir. O‘sha “Bavariya“ safida Frank Riberi fantastik mavsumni o‘tkazgan, uni shunchaki to‘xtatib bo‘lmagan edi. Ronaldu esa o‘sha yili sovrinlarsiz qolgan bo‘lsada, sovrin uchun kurashda g‘olib bo‘lgandi. Riberi haligacha Ronaldu mening “Oltin to‘p“imni o‘g‘irlagan deya yarim hazil yarim chin ohangda o‘sha davrni xotirlab turadi... Keyinchalik butun Fransiya aynan Ronalduga ovoz bergani ma’lum bo‘lgach Riberi o‘z Vatanidan qattiq ranjiganini yashirib o‘tirmadi va ko‘p o‘tmay termadagi faoliyatini yakunladi.

Y.U

Manba: stadion.uz

Imlo xatolar uchun uzur so'rab qolamiz...

Kiritildi: 18:15, 20.03.2019.
O'qildi: 13377 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.