Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldu diskvalifikasiyadan qutulib qoldi, ammo...

Ronaldu diskvalifikasiyadan qutulib qoldi, ammo...

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan «Atletiko»ga (3:0) qarshi o‘yindagi noloyiq qilig‘i uchun jazolanmaydigan bo‘ldi.

34 yoshli futbolchi uchinchi golni urganidan so‘ng, muxlislarga qarata uyatsiz ishorani qilgan edi. Avvalroq, madridliklar bosh murabbiyi Diyego Simeone xuddi shu xatti-harakati uchun UYEFA tomonidan 20 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan edi.

UYEFA intizom qo‘mitasi Ronalduni diskvalifikasiya qilmadi va xuddi Simeone kabi 20 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi.

Natijada, futbolchi Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Ayaks»ga qarshi o‘yinda maydonga tushish huquqini saqlab qoldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:32, 21.03.2019.
O'qildi: 15514 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик