Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Toshkentda yangi yopiq turdagi yana bir suzish havzasi foydalanishga topshirildi

Toshkentda yangi yopiq turdagi yana bir suzish havzasi foydalanishga topshirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 29 iyun kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumaniga qilgan tashrifi davomida mazkur hududda yangi usti yopiq suv inshooti qurish taklifi bildirilgan edi. “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida Yurtboshimiz topshirig‘i bilan boshlangan yana bir savobli ish nihoyasiga yetkazildi.

Bugun, 20 mart kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Katta Qorasuv mahallasida yangi yopiq turdagi basseyn foydalanishga topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan barpo etilgan ob’ektning ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, yoshlar, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Ushbu majmuani qurish uchun jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 5 milliard so‘m ajratildi. Ob’ektda 11x25 metr o‘lchamdagi suzish havzasi, murabbiylar, shug‘ullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari, suvning tarkibi, sifati nazorat qilinadigan laboratoriya hamda tomoshabinlar uchun o‘rindiqlar mavjud.

 

Mirzo Ulug‘bek tumani 1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabi ixtiyoriga berilgan mazkur inshootda bir kunda 120 nafar o‘g‘il-qiz suzish sporti sirlarini o‘rganishi uchun sharoit yaratilgan. E’tiborlisi, bolalar va o‘smirlar sport maktabiga jamg‘arma tomonidan 52 nomdagi 70 million so‘mlik jihozlar ham topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tish joiz, 2018 yil boshidan buyon Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yopiq suv havzasi bo‘lmagan hududlarda jami 10 ta zamonaviy basseyn qurildi.

Manba: minsport
Kiritildi: 15:12, 24.03.2019.
O'qildi: 3713 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.