«Yuventus»ning yangi rekordchisi - Moyze Kin «bebosh» Mario Balotelli bilan qalin oshna. Mino Rayola esa uning transferini 75 million yevroga baholamoqda. 19 yoshli yigitchaning gol urishga ishtiyoqi juda baland, ammo unga uncha ishonishmaydi. To‘g‘ri, «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ba’zi-ba’zida ixtiyoridagi iqtidorlarga bir qiyo boqadi. Deylik, Italiya «A» seriyasi 27-turida shunday holat kuzatildi va turinliklar «Udineze»ni osongina mahv etishdi - 4:1. Xullas, bu o‘yinning eng ahamiyatli tomoni shu bo‘ldiki, «keksa sinyora» ustozi bir qator zaxirachilarni baravariga jangga tashladi. Aleks Sandro xuddi hujumchi sifatida o‘ynadi, Martin Kaseres qaytganidan keyingi 4-uchrashuvini o‘tkazdi, Leonardo Spinassola esa himoya ishlari bilan shug‘ullandi. Eng asosiysi, Moyze Kin nihoyat, «Yuventus»ning boshlang‘ich tarkibida maydonga tushdi. Bundan nima chiqdi? «Yuve»ning 37 yillik rekordi yangilandi.
Maydonda tinim bilmagan Moyze Kin«Udineze» darvozasini ikki bora ishg‘ol qilishdan tashqari, penalti tepish huquqini ishladi. Xullas, odatda zaxira o‘rindig‘ida jimgina o‘tiradigan hujumchi 80 daqiqalik o‘yin vaqtidan makmisal darajada foydalandi. Diqqatga sazovor tomoni o‘sha kuni Moyzening tog‘asi va onasi o‘yinni bevosita stadionda kuzatib borishdi. Ha, ularning tashrifi bejiz emas ekan. Uchrashuv yakunlangach, «Yuve» yetakchilaridan biri Miralem Pyanich yosh jamoadoshining yaqinlari bilan suratga ham tushdi. Alohida aytish kerak, Kinlar oilasi azaldan «Yuventus»ga oshufta. Moyzening onasi o‘yindan keyin ham jamoa haqida to‘lqinlanib gapirdi: «Barchamiz «Yuventus» rahbarlaridan bag‘oyat minnatdormiz. Ular o‘g‘limga doimo umid bilan qarashadi, alohida ruhlantirib kelishadi. Mana, bugun Moyzega imkoniyat taqdim etib, adashishmadi. Asosiy fakt shuki, o‘g‘lim shu yerda ulg‘aydi, ta’lim oldi, oyoqqa turmoqda. Buning uchun «Yuventus»ga faqat va faqat chuqur tashakkur izhor qilaman. Binobarin, Moyzening hozirgi darajaga yetishida klubdagilar ko‘p ishlashganini yaxshi bilaman. Axir hech kim o‘zicha professional bo‘lib qolmaydi-ku».
Aslida Moyze Kinning o‘zgacha iqtidori juda erta ko‘zga tashlangan. Ya’ni u bolaligidanoq tengdoshlari orasida yaqqol ajralib turgan. Moyzening o‘yin uslubi va harakat yo‘nalishi beixtiyor Mario Balotellini esga soladi. Darvoqe, Moyze bundan bir necha yil oldin «Yuventus» akademiyasida Mario ijrosidagi bitta o‘ziga xos «tryuk»ni takrorlagandi. Esingizda bo‘lsa, italiyalik «bebosh» hujumchi «Manchester Siti»dagi o‘yinlardan birida futbolkasini ko‘tarib, «Nega doimo men?» yozuvini ko‘z-ko‘z qilgandi. Keyinchalik Moyze ham xuddi shunday yo‘l tutdi. «Mario Balotellini asosiy kumirim sifatida ko‘rsataman. Uning o‘yiniga havasim baland, ayniqsa. Aslida Mario olijanob yigit, deylik, menga hamisha kerakli maslahatlar berib turadi. Aytishicha, u mening o‘zi tushgan holatlarga yo‘liqmasligimni istaydi. Haqiqiy do‘st!» - degandi Kin o‘z intervyularidan birida. Moyzening Balotelli darajasiga yetishiga hali ancha bor, lekin u raqs tushish bobida mashhur hamyurtiga hozirdan dars bera oladi. Deylik, yigitcha katta futboldagi gollarini ham ajoyib raqs vositasida nishonlaydi.
O‘RTAGA
Umuman, 19 yoshli hujumchi qisqa faoliyati davomida bir qator muhim voqealarni ko‘rishga ulgurdi. Ularning ayrimlariga e’tibor qaratamiz:
• Moyze 2016 yilning noyabrida «A» seriyada debyut qildi - atigi 16 yoshida! Yana chamasi 6 oydan keyin chempionatdagi gollari hisobini ochdi. U 2000 yildan keyin tug‘ilganlar orasida Italiya elit divizionida gol urgan birinchi futbolchidir.
• «Yuventus» rahbariyati Moyze bilan ilk professional shartnomani rasmiylashtirish chog‘i uning otasiga mukofot tariqasida traktor va’da qilgandi. Katta Kin o‘sha vaqt Kot-d’Ivuarda makka va guruch yetishtirish bilan shug‘ullardi. Yosh futbolchi va «keksa sinyora» o‘rtasidagi kelishuv 2020 yilgacha mo‘ljallangan, biroq traktor haqida ma’lumot yo‘q. To‘g‘ri, 2017 yili Moyzening otasi va’da qilingan sovg‘ani hali olmaganini aytgandi.
• Aslida korchalon agent Mino Rayola yigitchani Angliya sari boshlashi hech gap emasdi, biroq Kinlar oilasi tumanli o‘lka safariga qarshi chiqqan. Natajada «Yuventus» Moyzeni Turinda olib qolish harakatiga tushgandi. Aytgancha, Mino yosh mijozi transferini naq 75 million yevroga baholagan. Transfermarkt.de (!!!) sayti esa nisbatan real summani ko‘rsatmoqda - 15 «limon». Bu ham deyarli o‘ynamayotgan hujumchi uchun munosib narx, albatta.
• Roberto Manchini yosh iqtidorni Italiya milliy jamoasiga jalb etishga ulgurdi. Lekin bu borada shov-shuv ko‘tarish shart emas. Chunonchi, murabbiy kelajak uchun yoshlarni birma-bir ko‘zdan kechirmoqda, xolos. Har holda, u tarkibni keskin yoshartirish niyatida. Xullas, Moyze AQSH termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida yarim soatcha to‘p surdi. Ekspertlar debyutini yaxshi baholashdi, biroq u milliy jamoadan muqim joyga ega bo‘lish uchun avvalo, klubda ko‘proq amaliyot hosil qilishi kerak. Aks holda, nazardan chetda qolishi ehtimoli katta.
• Oxirgi fakt: Kin - «Yuventus» safida 1982 yildan buyon dubl» qayd etgan eng yosh futbolchi. U 8 mart sanasi «Udineze»ga qarshi kechgan uchrashuv vaqtida 19 yoshu 8 kunlik edi. Bundan 37 yil muqaddam esa «keksa sinyora»ning bu boradagi rekordini Juzeppe Galderizi o‘rnatgandi. U 18 yosh 329 kunligida bitta bahsda 2ta gol urishga erishgan.
Kin «Yuve»da chuqur zaxirachi sanalsada, hozirga qadar oliy divizionda bir necha to‘liq mavsum o‘tkazishga ulgurdi. Deylik, turinliklar 2017 yilning avgustida uni bir mavsumga mo‘ljallangan ijara kelishuvi asosida «Verona» klubiga yuborishdi. «Menda yoshligimdan g‘oliblik mentaliteti shakllandi. Bu «Yuventus» tizimida shug‘ullangan bola uchun oddiy hol - boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas. Umidvormanki, yangi klubda barchasini isbotlayman, jamoadoshlarimga o‘rnak bo‘laman. Turinda o‘rganganlarimni amalda ko‘rsata olsam, bas. Ha, hozir atigi 17 yoshdaman va hali o‘yinimning ko‘plab jihatlarini sezilarli darajada yaxshilashim zarur. Shaxsim haqidagi gap-so‘zlar o‘z yo‘liga. Misol uchun, maqtovlarga chalg‘imay, har kunlik mashg‘ulotlarga jiddiy yondashishim va qattiq ter to‘kishim zarur. Yo‘qsa, asosiy tarkibdan joy olishim dargumon», - degandi veronaliklar safiga qo‘shilganida. Qarang, yoshi katta tajribali o‘yinchiga xos mushohada. Asosiysi, Moyze o‘z so‘zini amalda ham isbotladi: mavsum davomida «Verona»ning 19ta o‘yinida ishtirok etib, 4ta gol urdi, shu aniq zarbalari evaziga autsayder klub 7 ochko oldi. Shu samaradorlik samarasi o‘laroq, qishki transferlar bozorida Kinga nisbatan qiziqish oshdi, «Marsel», «Ayaks» va «Torino» kabi jamoalar uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istadi. Biroq «Yuventus» kelajagi porloq iqtidorni qo‘yib yuborishni istagani yo‘q.
Moyzening joriy mavsumdagi ishlariga kelsak, u «Udineze»ga qarshi kechgan omadli o‘yingacha «A» seriyasi doirasidagi atigi 3ta bahsda zaxiradan maydonga tushdi. Shundan 2tasi - «Frozinone» va «Kyevo» bilan o‘yinlarda jami atigi 5 daqiqacha harakatlanganini nazarda tutsak, o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagani oydinlashadi. To‘g‘ri, yigitcha Italiya kubogi o‘yinida «Bolonya» darvozasiga gol urib, 2:0 hisobli g‘alabaga katta hissa qo‘shdi, ammo «Yuventus» keyinchalik turnirdan chiqib ketdi. «Mashg‘ulotlarda hamisha asdoydil harakat qilaman, bor kuchimni sarflayman. Murabbiy nazariga tutish va undan tarkibga kiritilganim haqidagi yoqimli xabar eshitishning boshqa yo‘li yo‘q. Alohida ta’kidlashim kerak, garchi maydonga tushmayotgan bo‘lsamda, «Yuventus» mashg‘ulotlari
Moyze Kin |
|
Tug‘ilgan sanasi vamanzili |
|
Fuqaroligi |
|
Bo‘yi |
182 sm. |
Vazni |
67 kg. |
Pozisiya bo‘yicha |
Hujumchi |
Klubi |
«Yuventus» |
O‘yinchilik raqami |
18 |
shaxsiy xususiyatlarim rivojlanishida katta yordam berayotganini sezib turibman. Oddiy aytganda, bu yerda maroq bilan o‘rganyapman» - ko‘rinib turibdiki, Kin barchasiga optimistik ruh bilan qaramoqda, o‘z kuni kelishiga ishonmoqda. Demakki, sabri ham joyida. «Dubl» va navbatdagi rekord Krishtianu Ronaldu va boshqa yulduzlar soyasida qolib ketayotgan «bolakay» taqdiriga qanday ta’sir etishi haqida gapirish mushkul. Ha, Allegri «Atletiko»ga qarshi kechgan CHL 1G‘8 finali javob bahsida ham Moyzega chamasi 10 daqiqacha o‘ynash imkonini berdi. E’tibor bering, u kimsan Mario Manjukich o‘rnini egallagan pallada hisob 2:0 edi va barchasi qo‘shimcha bo‘limlarga qarpab ketayotgandi. Ya’ni Ronaldu «matraschilar»ni «yig‘latgan» 3-golni hali urgan emasdi. Murabbiy shunday tig‘iz
Klub futbolidagi faoliyati |
|
2016—... |
«Yuventus», 6ta o‘yin, 3ta gol |
2017—2018 |
«Verona», 19ta o‘yin, 4ta gol |
Terma jamoa miqyosidagi faoliyati |
|
2015 |
Italiya (U-15), 6ta o‘yin, 2ta gol |
2015 |
Italiya (U-16), 4ta o‘yin, 3ta gol |
2015—2017 |
Italiya (U-17), 17ta o‘yin, 8ta gol |
2017—... |
Italiya (U-19), 6ta o‘yin, 4ta gol |
2018—... |
Italiya (U-20), 1ta o‘yin, 2ta gol |
2017—... |
Italiya (U-21), 3ta o‘yin, 2ta gol |
2018—... |
Italiya (milliy), 1ta o‘yin |
pallada Moyzeni jangga tashladimi, demak, undan umidi katta. Qolaversa, «Yuventus» «A» seriyaning yakuniy qismida yengil nafas olish va xotirjam o‘ynash imkoniyatiga ega. Shundan kelib chiqsak, Allegri finish marrasi yaqinlashgan sari Moyzega ko‘proq murojaat qilsa, ajabmas. To‘g‘ri, yulduzlarni zaxirada olib qolish oson emas -ular o‘ynash va yana o‘ynashni, shaxsiy statistik ko‘rsatkichlarini tobora yaxshilashni istashadi. O‘zi «Yuventus» siyosati - yosh futbolchilar uchun haqiqiy dahshat. Turinda iqtidori bor yigitlarga faqat bir yoqlama katta e’tibor qaratishadi - narx masalasida. Oddiyroq ifoda etsak, asosan zaxirada ushlab o‘tirishadi, xaridorlardan esa katta mablag‘ so‘rashadi. Bordiyu, «Yuventus» boshqaruvi Xosep Gvardiola qo‘liga o‘tsa, umumiy holat yanada murakkablashishi mumkin. Agar sabrli Moyze Kin ana shu murakkablikni yengib o‘tsa, yaxshi, biroq vaqt kutib turmasligini ham unutmaslik kerak. Rekordlar - a’lo, lekin iqtidorli yigit 19 yoshida real o‘yin vaqtiga ehtiyoj sezishi ham haqiqat. Shunday ekan, Moyze Kin va yaqinlari bu borada obdon bosh qotirishlari zarur, shuningdek, Mino Rayola ham...
MA’LUMOT UCHUN
Klub futbolidagi umumiy statistikasi
|
Chempionat |
Kubok |
Yevrokuboklar |
Jami: |
||||||
Klub |
Liga |
Mavsum |
O‘yin |
Gol |
O‘yin |
Gol |
O‘yin |
Gol |
O‘yin |
Gol |
«Yuventus» |
«A» syeriya |
3 |
1 |
0 |
0 |
1 |
0 |
4 |
1 |
|
3 |
2 |
1 |
1 |
2 |
0 |
6 |
3 |
|||
Jami: |
6 |
3 |
1 |
1 |
3 |
0 |
10 |
4 |
||
«Verona» |
«A» syeriya |
19 |
4 |
1 |
0 |
0 |
0 |
20 |
4 |
|
Jami: |
19 |
4 |
1 |
0 |
0 |
0 |
20 |
4 |
||
Butun faoliyatida |
25 |
7 |
2 |
1 |
3 |
0 |
30 |
8 |