Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/10 16:00 Surxon 2-1 Lokomotiv
25/10 18:15 Navbahor 1-0 Metallurg
25/10 21:30 Udineze - Kalyari
25/10 23:45 Torino - Komo
26/10 00:00 Espanyol - Sevilya
26/10 00:00 Lester - Nottingem Forest
26/10 16:00 Qizilqum - Paxtakor
26/10 17:00 Valyadolid - Vilyarreal
26/10 18:00 Napoli - Lechche
26/10 18:15 Andijon - Olimpik
26/10 19:00 Brentford - Ipsvich
26/10 19:00 Brayton - Vulverhempton
26/10 19:00 Manchester Siti - Sautgempton
26/10 19:00 Aston Villa - Bornmut
26/10 19:15 Rayo Valyekano - Alaves
26/10 21:00 Bolonya - Milan
26/10 21:30 Las-Palmas - Jirona
26/10 21:30 Everton - Fulhem
26/10 23:45 Atalanta - Verona
27/10 00:00 Real Madrid - Barselona

Prevyu. «Qizilqum» – AGMK

Prevyu. «Qizilqum» – AGMK

Baho:
+ | -

4 kundan so‘ng, AGMK Navoiy shahrida Superligasi 2-turida "Qizilqum"ga qarshi o‘ynaydi.

AGMK Navoiy shahri jamoasiga qarshi shu kunga qadar o‘zaro o‘tkazilgan o‘yinlar soni 24tani tashkil etadi.

Umumiy statistika bo‘yicha hozirda tenglik aks etgan. O‘tkazilgan uchrashuvlardan 10tasida AGMK va yana shunchasida "Qizilqum" g‘alaba qozongan, 4 o‘yin durang bilan yakunlangan. Qiziq tomoni, har ikki jamoaning 10 g‘alabasidan bittasi safarda qayd etilgan. Duranglar ham teng ikkiga bo‘lingan. Ikkitasi Olmaliqda va yana ikkitasi Navoiyda.

O‘zaro o‘yinlarda jamoalar tarkibida ko‘plab futbolchilar maydonga tushgan. Bu ko‘rsatkich AGMKda 120 nafarni tashkil etsa, "Qizilqum"da 128 nafar. Eng ko‘p olmaliqliklarga qarshi Sherali Jo‘rayev navoiyliklar sharafini himoya etgan 18 o‘yin.

AGMK tarkibida Zohir Pirimov 19 marta elitada debyutini o‘tkazgan sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushgan.

O‘zaro o‘yinlarda har ikki jamoa tarkibida faoliyat olib borgan va goh u, goh bu jamoa sharafini himoya etgan futbolchilar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular Avaz Agaliyev, Timur Ayzattulov, Ruslan Vagapov, Andrey Vlasichev, Obid Jo‘raboyev, Sherali Jo‘rayev, Otabek Zokirov, Nemanya Yovanovich, Timur Kagirov, Georgi Kvesiyeshvili, Shavkat Mullajonov, Akmal Rustamov, G‘ulom O‘runov, Sobir Usmonxo‘jayev, Doniyor Usmonov, Pavel Xarchik, Jasur Hasanov, Samandar Shodmonovlardir. Bu ro‘yxatdan 2-tur yakunlangach, San’at Shixov ham joy olishi mumkin.

Yana bir qator har ikki jamoada to‘p surgan futbolchilar bor, ammo ular o‘zaro o‘yinlarda har ikki qarama-qarshilikda maydonga tushishmagan.

To‘purarlar ro‘yxatida AGMK tarkibida eng ko‘p gol urishga erishgan Mo‘ydin Mamazulumov birinchi bo‘lib turibdi. Uning hisobida 7 gol bor. "Qizilqum" tarkibida AGMK darvozasini eng ko‘p ishg‘ol etgan Bahriddin Vahobov va Nemanya Yovanovich hisobida 3tadan gol bor. O‘zaro o‘yinlarda bir marta xet-trik qayd etilgan. Nosir Otaqo‘ziyev AGMK safida 2010 yilgi mavsumda bunga erishgan.

 AGMK tomonidan urilgan 40 goldan bittasi, avtogol bo‘lib u Asqar Muhiddinovga tegishli. Shuningdek, 2 gol penaltidan amalga oshirilgan. "Qizilqum"ning 34 golidan 4tasi penaltidan urilgan.

Manba: Stadion
Kiritildi: 11:47, 25.03.2019.
O'qildi: 1493 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.