Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Karate prezidenti Nurxon Nafasov Bosh prokuraturadan yordam so‘radi

Karate prezidenti Nurxon Nafasov Bosh prokuraturadan yordam so‘radi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston karate federasiyasining sobiq rahbari Nurxon Nafasov mamlakat Bosh prokurori Otabek Murodovdan yordam so‘radi.

Aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonasi tomonidan Toshkentda tashkil etilgan ommaviy qabul jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodovning shaxsiy qabuli tashkil etilgan.

Bosh prokuror qabuliga kirgan Nurxon Nafasov karate sportini rivojlantirish uchun qilgan xizmatlari haqida to‘xtalib o‘tishi barobarida o‘ziga nisbatan qasddan ayb uyushtirilgani, joyi kerak bo‘lgani uchun uni qator muammolarga duchor qilishganini ma’lum qilib, nohaq ayblovlardan qutilishda yordam so‘radi.

O‘z navbatida, huquqiy idoralar xulosasi bo‘lmay turib uning sha’nini yerga urish maqsadida tarqatilgan ayblovlarga nisbatan Bosh prokuratura o‘z vaqtida munosabat bildirgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ushbu masalani Bosh prokuror o‘z nazoratiga olib, ishga aloqador barcha holatlarni tekshirib, huquqiy baho berilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati: “Nurxon Nafasovning kirdikorlari fosh bo‘ldi” sarlavhasi ostida xabar e’lon qilgan bo‘lib, Bosh prokuratura matbuot xizmati buni rad etgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Nurxon Nafasov 2018 yilning 16 may kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida o‘tkazilgan O‘zbekiston karate Milliy federasiyasining navbatdan tashqari saylov Konferensiyasida ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan qo‘llab quvvatlanib, 12 yillik tanaffusdan so‘ng yana O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi prezidenti etib saylangan edi.

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 23:17, 25.03.2019.
O'qildi: 5638 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик