Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Gimnastikachilarimiz xalqaro Gran-pri turniri va jahon kubogida ishtirok etishadi

Gimnastikachilarimiz xalqaro Gran-pri turniri va jahon kubogida ishtirok etishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 28 mart kuni Yevropaga yo‘l oladi. 8 aprelga qadar ko‘hna qit’aning bir yo‘la ikki davlatida sportning eng nafis turi bo‘yicha ketma-ket ikkita yirik musobaqa bo‘lib o‘tadi va ularning har ikkalasida mamlakatimiz vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Dastlab Fransiyaning Tye shahrida qizlarimiz xalqaro Gran-pri turnirida ishtirok etishadi. Mazkur musobaqa 1 aprel kuni nihoyasiga yetadi va shundan so‘ng gimnastikachilarimiz 3-8 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan jahon kubogi bosqichida qatnashish uchun Italiyaning Pesaro shahriga yo‘l olishadi.

Musobaqalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi uch murabbiy va 8 sportchidan iborat bo‘lib, yurtimiz sharafini Nilufar Shomuradova, Dinara Ravshanbekova, Kseniya Aleksandrova, Sofiyabonu Kasimova, Kamola Irnazarova, Sevara Safoyeva va Sabina Tashkenbayeva va Yekaterina Fetisova himoya qilishadi.

Shuningdek, delegasiyamizdan ikki nafar hakam va shifokor ham o‘rin olgan.

Qizlarimizdan yaxshi natijalar kutib qolamiz.

Kiritildi: 14:55, 26.03.2019.
O'qildi: 1871 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.