«Atletiko»ga «Manchester Yunayted»ning 28 yoshli himoyachisi Lisandro Martinesni sotib olish taklif qilindi.
Bu haqda El Chiringuito TV xabar bermoqda.
Angliya klubi va argentinalik futbolchi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Markaziy himoyachi manchesterliklar safida 2022 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u APLda 18 ta o‘yin o‘tkazdi.













