Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

«Junglida faqat bitta qirol bo‘ladi» – Habib Nurmagomedov Makgregorning ketishi borasida gapirdi

«Junglida faqat bitta qirol bo‘ladi» – Habib Nurmagomedov Makgregorning ketishi borasida gapirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

UFC bo‘yicha sobiq jahon chempioni Konor Makgregor katta sportdan ketganini e’lon qildi. Uning bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinmoqda.

Makgregorni chempionlik kamaridan mahrum qilgan dog‘istonlik jangchi Habib Nurmagomedov bu borada hazil qildi.

"Junglida faqat bitta qirol bo‘ladi. Faqat bitta",- deb yozdi Nurmagomedov tvitterdagi sahifasida. U postga qo‘lida bir raqamini ko‘rsatgan suratini ilova qildi. Bu bilan Nurmagomedov o‘zining UFC’dagi yakka hukmronligiga ishora qildi.

Nurmagomedov jungli bilan bog‘lik bu gapni oldin ham ishlatgan. Masalan, Konor Makgregorni mag‘lub etgach, Nurmagomedov yengilmas bokschi Floyd Mayvezerni jangga chorlar ekan, «Junglida bitta qirol bo‘ladi», deb aytgandi.

Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor 2018 yil 6 oktyabr kuni AQSHning Nevada shtatida tashkillashtirilgan UFC229 jang kechasining markaziy bahsida to‘qnash kelgan va yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun kechgan jangning 4-daqiqasida Nurmagomedov bo‘g‘ish usulini qo‘llab, g‘olib bo‘lgandi. Jang tugashi bilan dog‘istonlik sportchi irlandiyalik raqibining jamoasi vakillariga tashlangani katta mojaroga sabab bo‘lgandi. Bu jang UFC tarixidagi eng mashhur va eng serdaromadi bo‘lib tarixda qolgan.

Manba: KUN
Kiritildi: 09:23, 27.03.2019.
O'qildi: 8964 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.