Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Koreya matbuoti Aliboyev haqida

Koreya matbuoti Aliboyev haqida

Baho:
+ | -

Janubiy Koreyaning «News Korea 1» internet nashri O‘zbekiston terma jamoasi va «Seul» yarimhimoyachisi Ikromjon Aliboyev haqida maqola e’lon qildi. Ushbu maqolani tarjima qilgan holda e’tiboringizga havola etamiz.

«BUNDAY YUGURADIGAN XORIJLIKNI KO‘RGANMISAN? ALIBOYEV! CHOY YONG SUNING KO‘ZLARI ALDAMABDI!»

«Osiyo o‘yinlarida O‘zbekistonning o‘yinini ko‘rib, bu yigit nazarimga tushdi. O‘shanda juda hayratlandim. Bunday futbolchi hozir "Seul"ga kerak, deb o‘yladim va uni sotib olishlarini rahbariyatdan so‘radim».

Bu so‘zlar 2018 yilgi mavsumda murakkab bir vaziyatda yuqori ligada jon saqlab qolishni uddalagan "Seul" bosh murabbiyi Choy Yong Suga tegishli. U aytayotgan musobaqa o‘tgan yili yozda Jakarta-Palembangda o‘tgan musobaqa bo‘lib, o‘shanda murabbiy Choy bir muddat televideniyeda sharhlovchilik qilgandi. Bu vaqtni u shunday izohlaydi:

«Qisqa muddat murabbiylikdan dam oldim. Bu vaqt mobaynida ko‘p narsa o‘rgandim va ko‘p narsani o‘ylab oldim».

Koreys futbolchilari, raqib futbolchilarini ko‘zdan kechirgan sharhlovchilik qilgan Choy Yong Su o‘zbek yarimhimoyachisi haqida iliq fikrlarini aytdi. Bu qahramon Seulning osiyolik futbolchi kvotasiga olib kelingan Aliboyev. Choy Yong Su o‘tgan mavsum oxirida "Seul"ga ramziy ma’noda qutqaruvchi, o‘t o‘chiruvchi bo‘lib keldi. U inqirozdagi klubni qutqarib qolishi kerak edi. O‘sha vaqtdayoq u jamoaga Aliboyevni olib kelishni so‘radi. Uni tanishtiruv marosimi 13 dekabrda bo‘lgan bo‘lsa-da, olib kelishga ancha avval kirishilgan edi. Qozonni ochib qarasak: Aliboyev kerakligi sezilayotgan darajada o‘yin ko‘rsatayapti. Serbiyalik to‘purar Sasha Peshich ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, moslashish bilan band bir paytda Aliboyev 16 martdagi "Jeju" bilan o‘yin va 3-tur o‘yinida ham to‘liq o‘ynab, markazning yadro quroli bo‘layapti. 3 o‘yinda 2 g‘alaba va 1 durang qayd etib, "Sangju"dan so‘ng 2-o‘rinda borayotgan seulliklarning boshlang‘ich muvaffaqiyatida Aliboyevning harakatlari kichik emas. U haqda «yangilik yaratuvchi yarimhimoyachi», deyishayapti.



"Seul" bir qancha yarimhimoyachilarga ega bo‘lsa-da barqaror o‘ynay olmaslik va hujumkorlik yetishmasligidan aziyat chekardi. «To‘p yo‘nalishi ham, futbolchining o‘y-fikrlari ham faqat oldinga qarab borishi kerak», - degan falsafasi bor Choy Yong Suga Aliboyev faol futbolda yordami tegadigan yarimhimoyachi. Shuningdek, Ikromning boshqa xorijlik futbolchilarda uchramaydigan sadoqat va sidqidillik ko‘zga tashlanib turibdi. "Seul" FKning 2019 yilgi mavsumiga ishonchsiz qarashgani haqiqat. Bunga sabab o‘tgan mavsumda jamoaga yangi nomlar qo‘shilmagandi. Endi esa tikandek sanchadigan plyuslar bor — Ikrom Aliboyev va Aleksandr Peshich, shuningdek, ijaradan qaytib kelgan Osmar. Lekin Osmar hali maydonga tushmadi. Asli himoyachi bo‘lgan Pak Dong Jin oldingi chiziqqa surilib, hujumchi Pak Chu Yong bilan nafasi bir-biriga tegar darajada hujumkor o‘ynab, jamoaning chiziqlarini yaxshi yopishayapti. Mutaxassis va muxlislar fikricha, "Seul"ning eng katta o‘zgarishi bu — «YUGURAYOTGANI»DIR! Jamoaning barcha futbolchilari yana bir qadam ko‘proq yugurishayapti. Hozircha hujumda chiroy va xilma-xillik ko‘rinmayotgan bo‘lsa-da, o‘zni fido qilish darajasida o‘ynashayotgani katta gap.



"Seul" 3 o‘yindan beri hali to‘p o‘tkazgani yo‘q. Markazda esa xorijlik Aliboyev bor. 25 yoshida, o‘z yoshiga mos ravishda har qanday qiyinchilikni yengishga tayyor kuchini o‘yinga bag‘ishlayapti. Yanada e’tiborlisi, u hakam xushtagi yangragungacha to‘xtamay yugurayotganligi haqiqat. 16 mart kuni "Jeju Yunayted" bilan o‘yinni olaylik. O‘ta murosasiz va tig‘iz o‘yin bo‘lib, oxiriga qadar 0:0 hisobi turdi. Mavsumdagi ilk g‘alabaga tashna "Jeju" qo‘lidan kelganini qildi. "Seul" futbolchilari esa diqqatni jamlab, oxirigacha kurashdi. Bular orasida Aliboyev ko‘zga yaqqol ko‘rindi. Barcha jamodoshlari charchab qolgan qo‘shimcha daqiqalarda Aliboyev o‘jarlik bilan ham himoyada, ham hujumda birdek o‘ynayverdi. Hamma futbolchilar charchoqdan qiynalib turgan bir paytda Aliboyev qanday bo‘lmasin harakat qilib ko‘raman, degan g‘alabaga tashnaligi sezildi. O‘yindan keyin "Seul" murabbiyi Choy Yong Su: «Hozir jamoamizga eng kerakli narsa — qizg‘inlik, jo‘shqinlik. Har bir o‘yinga oxirgi o‘yinga tushgandek tushish kerak», - dedi. Koreya maydonlarida ilk marta o‘ynayotgan Aliboyev ham o‘sha qizg‘inlikni yaxshi bilib turibdi. Qaysi xislatlarini ko‘rib, sotib olganini bilmadigu, hozircha Choy Yong Suning ko‘zlari aldamabdi. Bunday faol xorijlik futbolchilar ko‘p emas.

Otabek Yo‘ldoshev tayyorladi.
Janubiy Koreya, Seul.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:24, 28.03.2019.
O'qildi: 11224 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.