Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante 3-1 Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya 2-2 Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid 4-1 RB Leypsig
21/10 23:59 Inter 1-0 Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa 3-1 Viking
21/10 23:59 Betis 1-0 Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge 3-0 Lans
21/10 23:59 Sporting 2-3 LASK
22/10 18:30 Bunyodkor - Mash’al
23/10 19:00 Paxtakor - Neftchi
23/10 19:00 Buxoro - Surxon
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

Iguain: "Ba’zilarning xursandligi uchun: Argentina termasidagi faoliyatim tugadi"

Iguain: "Ba’zilarning xursandligi uchun: Argentina termasidagi faoliyatim tugadi"

Baho:
+ | -

"Chelsi" hujumchisi Gonsalo Iguain Argentina milliy jamoasida boshqa o‘ynamasligini aytdi.

"Skaloni bilan gaplashib oldim va Argentina termasida boshqa o‘ynamasligimni aytdim. Milliy jamoa bilan munosabatim yaxshi, unga chetdan nazar tashlayman.

Uzoq o‘yladim va terma jamoadagi faoliyatim tugadi degan qarorga keldim. Ba’zilarning xursandchiligi uchun aytaman, milliy jamoadagi faoliyatim yakuniga yetdi.

Ko‘pchilik yangi o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga, ularni tanqid qilmoqdalar. Hamma milliy jamoaning yangilanishini istagandi, bir oy o‘tmasdan hamma norozi.

Men 24 yilda ilk marta bizni yarimfinalga olib chiqishni istab Belgiya darvozasiga gol urgandim, JCH saralashida gol urgandim. Ammo odamlar faqat xatolarimni ko‘radilar. Futbol shunaqa.

Men haqimda gapirganlari tufayli, oilam qanday ahvolga tushganini ko‘rdim. Odamlar o‘ylamasdan gapiradilar, ular o‘zlarini hech qachon o‘rnimizga qo‘yib ko‘rmaydilar.

Futbol jihatidan gapirsalar, mayli, masalan, yaxshiroq hujumchi bo‘lsa. Ammo futboldan tashqari narsalarni gapirsalar va ziyon yetkazsalar - bu yomon. Bu ko‘ngilni aynitadi", - deydi Iguain.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:30, 29.03.2019.
O'qildi: 2369 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик