Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Davlat sport ta’limi muassasalarida yangi bo‘limlar paydo bo‘ladi

Davlat sport ta’limi muassasalarida yangi bo‘limlar paydo bo‘ladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Davlat sport ta’limi muassasalarida sportning qishki turlari bo‘limlari paydo bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekistonda qishki sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi loyihasida aytilgan.

Hujjat bilan davlat sport ta’limi muassasalarida sportning qishki turlari, ayniqsa, konkida figurali uchish, short-trek, kyorling, xokkey turlari bo‘yicha bo‘limlarni tashkil etiladi.

Bajarish muddati - 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, ijro uchun mas’ullar - Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari bo‘yicha federasiyalar (uyushmalar).

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishki sport turlari bo‘yicha saralash, seleksiya ishlarini tashkil etish uchun bolalar, o‘smirlar, qizlarning yuqori darajadagi iqtidorini aniqlashga imkon beruvchi sport tadbirlarini tashkil etiladi. 

Bajarish muddati - 2019 yil, doimiy. Moliyalashtirish manbalari - ijrochilar va homiylar mablag‘lari. Ijro uchun mas’ullar - Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari bo‘yicha federasiyalar (uyushmalar).

Manba: KUN
Kiritildi: 08:14, 29.03.2019.
O'qildi: 1310 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.