Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Qayta tanishuv yoxud YECHL-2018|2019 chorak finalchilariga e’tibor

Qayta tanishuv yoxud YECHL-2018|2019 chorak finalchilariga e’tibor

Baho:
+ | -

«Vanda Metropolitano» stadionida tashkillashtiriladigan CHLning navbatdagi finaliga da’vogarlar soni tobora qisqarmoqda.

Hozirga kelib, atigi 8ta klub qolganini yaxshi bilasiz, 1|4 final juftliklari ham ma’lum. Demak, ilk o‘yinlar vaqti - 9-10 aprelgacha kuchli sakkizlik barchaning diqqat e’tiborida bo‘ladi. Shunga muvofiq, biz ham navbatdagi bosqich ishtirokchilariga nazar tashlash barobarida turli-tuman faktlar, ma’lumotlar to‘plandisini taqdim etishni lozim ko‘rdik.

«TOTTENXEM» (Angliya)

UYEFA reytingidagi o‘rni: 18

Joriy CHLdagi statistikasi: 8ta o‘yin, 4ta g‘alaba, 2ta durang, 2ta mag‘lubiyat, gollar nisbati: 13-10

1|8 finaldagi natijasi: 3:0 va 1:0 (umumiy - 4:0), «Borussiya» (Dortmund)ga qarshi

Eng yaxshi to‘purar: Garri Keyn - 5ta gol

Eng yaxshi assistentlar: Kristian Eriksen, Erik Lamela - 2tadan uzatma

O‘tgan mavsumdagi xalqaro natijasi: CHL 1|8 finali

CHK|CHLdagi eng yaxshi natijasi: yarim final (1961|1962)

CHK|CHL chorak finalidagi umumiy statistikasi: 2ta urinish, 1ta samarali, 1ta omadsiz (50 foiz muvaffaqiyat)

Oxirgi chorak final: 0:4 va 0:1 (umumiy - 0:5), mavsum-2010|2011da «Real»ga qarshi

 

«AYAKS» (Gollandiya)

UYEFA reytingidagi o‘rni: 22

Joriy CHLdagi statistikasi: 14ta o‘yin, 8ta g‘alaba, 5ta durang, 1ta mag‘lubiyat (saralash o‘yini ham hisobga olingan), gollar nisbati: 29-12

1|8 finaldagi natijasi: 1:2 va 4:1 (umumiy - 5:3), «Real»ga qarshi

Eng yaxshi to‘purar: Dushan Tadich - 9ta gol (3tasi saralash bosqichida)

Eng yaxshi assistent: Dushan Tadich - 6ta uzatma (3tasi saralash bosqichida)

O‘tgan mavsumdagi xalqaro natijasi: CHL uchinchi kvalifikasion raundida «Nissa»dan va YEL «pley-off» raundida «Rusenborg»dan mag‘lubiyat

CHK|CHLdagi eng yaxshi natijasi: chempion (1970|1971, 1971|1972, 1972|1973 va 1994|1995)

CHK|CHL chorak finalidagi umumiy statistikasi: 12ta urinish, 8ta samarali, 4ta omadsiz (67 foiz muvaffaqiyat)

Oxirgi chorak final: 0:0 va 2:3 (umumiy - 2:3), mavsum-2002|2003da «Milan»ga qarshi

«PORTU» (Portugaliya)

UYEFA reytingidagi o‘rni: 9

Joriy CHLdagi statistikasi: 8ta o‘yin, 6ta g‘alaba, 1ta durang, 1ta mag‘lubiyat, gollar nisbati: 19-9

1|8 finaldagi natijasi: 1:2 va 3:1 (umumiy - 4:3), «Roma»ga qarshi

Eng yaxshi to‘purar: Mussa Marega - 6ta gol

Eng yaxshi assistentlar: Mussa Marega, Aleks Telles, Yosin Braimi, Oliver Torres, Xesus Korona - 2tadan uzatma

O‘tgan mavsumdagi xalqaro natijasi: CHL 1|8 finali

CHK|CHLdagi eng yaxshi natijasi: chempion (1986|1987 va 2003|2004)

CHK|CHL chorak finalidagi umumiy statistikasi: 8ta urinish, 3ta samarali, 5ta omadsiz (38 foiz muvaffaqiyat)

Oxirgi chorak final: 3:1 va 1:6 (umumiy - 4:7), mavsum-2014|2015da «Bavariya»ga qarshi

 

«MYU» (Angliya)

UYEFA reytingidagi o‘rni: 15

Joriy CHLdagi statistikasi: 8ta o‘yin, 4ta g‘alaba, 1ta durang, 3ta mag‘lubiyat, gollar nisbati: 10-7

1|8 finaldagi natijasi: 0:2 va 3:1 (umumiy - 3:3, safarda urilgan gol evaziga ustunlik), «PSJ»ga qarshi

Eng yaxshi to‘purarlar: Romelu Lukaku, Pol Pogba, Markus Rashford - 2tadan gol

Eng yaxshi assistentlar: Eshli Yang, Romelu Lukaku, Fred, Markus Rashford, Pol Pogba - 1tadan uzatma

O‘tgan mavsumdagi xalqaro natijasi: CHL 1|8 finali

CHK|CHLdagi eng yaxshi natijasi: chempion (1967|1968, 1998|1999 va 2007|2008)

CHK|CHL chorak finalidagi umumiy statistikasi: 18ta urinish, 12ta samarali, 6ta omadsiz (67 foiz muvaffaqiyat)

Oxirgi chorak final: 1:1 va 1:3 (umumiy - 2:4), mavsum-2013|2014da «Bavariya»ga qarshi

«YUVENTUS» (Italiya)

UYEFA reytingidagi o‘rni: 5

Joriy CHLdagi statistikasi: 8ta o‘yin, 5ta g‘alaba, 3ta mag‘lubiyat, gollar nisbati: 12-6

1|8 finaldagi natijasi: 0:2 va 3:0 (umumiy - 3:2), «Atletiko»ga qarshi

Eng yaxshi to‘purar: Paulo Dibala - 5ta gol

Eng yaxshi assistentlar: Krishtianu Ronaldu, Xuan Kuadrado, Leonardo Bonuchchi - 2tadan uzatma

O‘tgan mavsumdagi xalqaro natijasi: CHL 1|4 finali

CHK|CHLdagi eng yaxshi natijasi: chempion (1984|1985 va 1995|1996)

CHK|CHL chorak finalidagi umumiy statistikasi: 18ta urinish, 12ta samarali, 6ta omadsiz (67 foiz muvaffaqiyat)

Oxirgi chorak final: 0:3 va 3:1 (umumiy - 3:4), mavsum-2017|2018da «Real»ga qarshi

«MANCHESTER SITI» (Angliya)

UYEFA reytingidagi o‘rni: 6

Joriy CHLdagi statistikasi: 8ta o‘yin, 6ta g‘alaba, 1ta durang, 1ta mag‘lubiyat, gollar nisbati: 26-8

1|8 finaldagi natijasi: 3:2 va 7:0 (umumiy - 10:2), «Shalke»ga qarshi

Eng yaxshi to‘purar: Serxio Aguero - 5ta gol

Eng yaxshi assistent: Leroy Sane - 5ta uzatma

O‘tgan mavsumdagi xalqaro natijasi: CHL 1|4 finali

CHK|CHLdagi eng yaxshi natijasi: yarim final (2015|2016)

CHK|CHL chorak finalidagi umumiy statistikasi: 2ta urinish, 1ta samarali, 1ta omadsiz (50 foiz muvaffaqiyat)

Oxirgi chorak final: 0:3 va 1:2 (umumiy - 1:5), mavsum-2017|2018da «Liverpul»ga qarshi

 

«BARSELONA» (Ispaniya)

UYEFA reytingidagi o‘rni: 2

Joriy CHLdagi statistikasi: 8ta o‘yin, 5ta g‘alaba, 3ta durang, gollar nisbati: 19-6

1|8 finaldagi natijasi: 0:0 va 5:1 (umumiy - 5:1), «Lion»ga qarshi

Eng yaxshi to‘purar: Lionel Messi - 8ta gol

Eng yaxshi assistentlar: Lionel Messi, Luis Suares, Jordi Alba, Filippe Koutinyo - 3tadan uzatma

O‘tgan mavsumdagi xalqaro natijasi: CHL 1|4 finali

CHK|CHLdagi eng yaxshi natijasi: chempion (1991|1992, 2005|2006, 2008|2009, 2010|2011 va 2014|2015)

CHK|CHL chorak finalidagi umumiy statistikasi: 20ta urinish, 14ta samarali, 6ta omadsiz (70 foiz muvaffaqiyat)

Oxirgi chorak final: 4:1 va 0:3 (umumiy - 4:4, safardagi gol qoidasi tufayli mag‘lubiyat), mavsum-2017|2018da «Roma»ga qarshi

 

«LIVERPUL» (Angliya)

UYEFA reytingidagi o‘rni: 12

Joriy CHLdagi statistikasi: 8ta o‘yin, 4ta g‘alaba, 1ta durang, 3ta mag‘lubiyat, gollar nisbati: 12-8

1|8 finaldagi natijasi: 0:0 va 3:1 (umumiy - 3:1), «Bavariya»ga qarshi

Eng yaxshi to‘purarlar: Sadio Mane, Muhammad Saloh - 3tadan gol

Eng yaxshi assistentlar: Virjil van Deyk, Jeyms Milner, Endryu Robertson - 2tadan uzatma

O‘tgan mavsumdagi xalqaro natijasi: CHL finali

CHK|CHLdagi eng yaxshi natijasi: chempion (1976|1977, 1977|1978, 1980|1981, 1983|1984 va 2004|2005)

CHK|CHL chorak finalidagi umumiy statistikasi: 14ta urinish, 10ta samarali, 4ta omadsiz (71 foiz muvaffaqiyat)

Oxirgi chorak final: 3:0 va 2:1 (umumiy - 5:1), mavsum-2017|2018da «Manchester Siti»ga qarshi

 

Juftliklar: 12ta QiziQarli fakt

 

«Ayaks» (Gollandiya) - «Yuventus» (Italiya)

1. Joriy CHLning bosh to‘purari aynan «Ayaks» ixtiyorida - Dushan Tadich. To‘g‘ri, serb futbolchisi 9ta golidan 3tasini saralash o‘yinlarida urgan. Xullas, umumiy hisob-kitobga qarasak, Tadich ayni holatda Lionel Messi va Robert Levandovskidan oldinda. «Yuve» yulduzi Krishtianu Ronaldu hisobida esa 4tagina gol bor. Qolaversa, 7ta o‘yinda qatnashgan portugaliyalik 3ta golini «Atletiko»ga qarshi kechgan oxirgi uchrashuvda nishonladi.

2. Leonardo Bonuchchi «Milan»dan qaytgach, «Yuventus»da yana muhim o‘yinchilar qatoriga qo‘shildi. Darvozabon Voysex Shesnidan tashqari, aynan u CHL doirasidagi barcha uchrashuvlarda to‘liq vaqt davomida harakatlandi. Miralem Pyanich ham barcha o‘yinlarni boshlang‘ich tarkibda boshladi, ammo bir bora o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi.

3. Ikki raqib zamonaviy turnir tarixida bir-biriga 5 marta to‘qnash kelgan. E’tiborlisi, ularning hammasida «Yuventus» g‘alaba qozongan. Ayniqsa, o‘tgan asrning 90-yillari oxiridagi to‘qnashuvlar esda qolgan. O‘shanda turinliklar «Ayaks»ni avvaliga finalda penaltilar seriyasi orqali dog‘da qoldirishgan, keyin esa yarim finaldan chiqarib yuborishgan.

«Liverpul» (Angliya) - «Portu» (Portugaliya)

4. «Bavariya»dan ustun kelgan «Liverpul» Angliya futbolining 10 yil oldingi natijasi takrorlanishini ta’minladi. Ya’ni klub chorak finalga chiqqan APLning 4-vakiliga aylandi. Mavsum-2008|2009da ham Angliyaning 4ta jamoasi chorak finalda o‘ynagandi.

5. Agar «Portu» keyingi bosqichga o‘tsa, Rossiyaning UYEFA koeffisiyentlar reytingi 6-o‘rnida qolishi imkoniyati yanada pasayadi. Qolaversa, Portugaliyaning yana bir vakili - «Benfika» YELda kurashni davom ettirmoqda. Demak, rossiyaliklar bu juftlikda Muhammad Saloh va uning sheriklariga muxlislik qilishadi.

6. «Portu»ni o‘tgan yili aynan «Liverpul» kurashdan chetga chiqarib yuborgandi. Boz ustiga,  portugaliyaliklar og‘riqli mag‘lubiyatni tan olishgan. Sadio Mane «xet-trik» qayd etish asnosida «Portu»ni «tilka-tilka» qilib tashlagani, «Dragau»da deyarli 50 ming muxlis ko‘z oldida 0:5... Ha, Portugaliya grandining o‘sha oqshom va misli yo‘q sharmandalikni unutmagani tayin.

«Tottenxem» (Angliya) - «Manchester Siti» (Angliya)

7. «Shporlar» zamonaviy turnir tarixidagi eng yaxshi shaxsiy natijalarini takrorlashdi. London klubi 2011 yili ham 1|4 finalda o‘ynagan, ammo «Real»ga bas kelolmagandi. Roman Pavlyuchenko o‘sha vaqt aynan «Tottenxem»da o‘ynardi, endi jamoada Garri Keyndek goleador bor.

8. «Biz CHLda hali o‘smirdekmiz», — degandi Xosep Gvardiola «Shalke»ga qarshi kechgan javob bahsidan oldin. Qarang, «o‘smirlar» tuppa-tuzuk jamoani 7:0 hisobida taslim etishdi. Aslida shayxlar jamoasi turnirda yetarli tajriba to‘plashga ulgurgan. Misol uchun, «shaharliklar» mavsum-2015|2016 yarim finalida o‘ynashdi. APLning amaldagi chempioni tarkibi va o‘yin uslubini nazarda tutib aytsak, Pepning gapi ortiqcha — uning jamoasi yaqqol favoritlardan biri.

9. Tushunarliki, ikki klub APLda yetarlicha o‘zaro kuch sinashgan. Diqqatga sazovor tomoni, «Tottenxem» va «Siti» endi 2 hafta oralig‘ida 3 marta «duel»ga kirishadi: avvaliga LCHda ikki bora, keyin APL doirasida.

«Barselona» (Ispaniya) - «MYU» (Angliya)

10. «Barselona» - joriy CHLda hali mag‘lubiyat nimaligini bilmagan yagona klub, qolaversa, u Ispaniyaning oxirgi vakili. «Atletiko»ning kutilmagan omadsizligi va «Real»ning aql bovar qilmas mag‘lubiyati bilan bir necha yilga cho‘zilgan ispancha «gegemon»lik xotima topdi. 1|4 finalda La-ligadan 1tagina jamoa - bunaqasi 2010 yildan buyon kuzatilmayotgandi.

11. LCH chorak finali «Yunayted» uchun qandaydir sehrlangan bosqichdek. Har holda, «qizil iblislar» anchadan buyon shu raunddan o‘ta olishmayapti. «MYU» 1|4 final sinovini oxirgi marta 2011 yili yenggandi. O‘shanda ser Aleks Fergyuson jamoasi finalga ham chiqqan va aynan «Barselona»ga yutqazgan.

12. Aslida bu juftlikning birinchi o‘yiniga Kataloniya mezbonlik qilishi kerak edi, biroq «Siti» tufayli taqvim o‘zgartirildi. Ya’ni Manchesterning ikki jamoasi ham dastlabki uchrashuvda mehmon maqomini olgach, UYEFA «Siti» emas, «Yunayted» o‘yinlari tartibini almashtirdi.

 

O‘zaro o‘yinlar tarixi

 

«Barselona» — «MYU» (11ta o‘yin): 4 - 4 - 3, gollar — 20:15

- Lionel Messi CHLda Angliya jamoalariga jami 22ta gol «hadya» etgan. Boshqa hech bir futbolchi inglizlarni bu qadar ko‘p ranjitmagan.

«Ayaks» — «Yuventus» (12ta o‘yin): 2 - 4 - 6,

gollar — 9:15

- Krishtianu Ronaldu CHLda «Ayaks» darvozasiga 7ta gol urgan. U turnirda faqat «Bavariya» (9ta) hamda «Yuventus» (10ta)ga ko‘proq gol «tortiq» etgan.

- «Yuventus» Gollandiya klubiga qarshi kechgan oxirgi 9ta o‘yinning birortasida yengilmagan: 5ta g‘alaba, 4ta durang

«Liverpul» — «Portu» (6ta o‘yin): 3 - 3 - 0, gollar - 12:2

- «Portu» CHL «pley-off» raundlarida Angliya klublari bilan 6 marta kuch sinashgan va faqat 1ta urinishda ustun kelgan. E’tiborlisi, portuliklar aynan o‘sha mavsum (2003|2004) yakunida turnir g‘olibiga aylanishgan.

«Tottenxem» — «Manchester Siti» (jamoalar oldin xalqaro daraja o‘zaro o‘ynagan emas)

- Joriy CHL hisobidan ilk derbi (mamlakat miqyosida).

- Aslida «Tottenxem» va «Manchester Siti»ning o‘zaro hisob-kitobi  tarixi ancha uzun: 156ta o‘yin! Shundan 60tasida «shporlar», 61tasida esa «shaharliklar» g‘alaba qozonishgan, 35ta uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Gollar bo‘yicha ham «Siti» oldinda - 242:216.

- Joriy CHL chorak finalchilari orasida aynan «Tottenxem» va «Manchester Siti» turnirda hali g‘alaba nashidasini surmagan.

- Xosep Gvardiola «Manchester Siti» bosh murabbiyi rolidagi ilk mag‘lubiyatni 2016 yilning oktyabrida «Tottenxem»ga qarshi kechgan bahsda tan olgandi - 0:2.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:34, 30.03.2019.
O'qildi: 3617 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.