Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Toshkentda FIFA mutaxassisi ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda FIFA mutaxassisi ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, FIFAning asosiy vazifalaridan biri barcha milliy assosiasiyalarning futboldagi salohiyatini namoyon qilish, turli yoshdagi terma jamoalarning xalqaro musobaqalardagi raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.

Shu maqsadda FIFA iqtidorlarni kashf qilish, ularning iqtidorini yanada yuksaltirish, akademiyalarni qo‘llab-quvvatlash, turli musobaqalar tashkil qilish va o‘tkazish, xodimlarnining malakasini oshirishga qaratilgan turli dasturlar va loyihalarni ishlab chiqmoqda hamda amalga tatbiq qilyapti. 

Mazkur dastur FIFA a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga ham taalluqli bo‘lib, dasturdan o‘rin olgan masalalar bo‘yicha muhokama o‘tkazish va ishchi uchrashuv tashkil qilish maqsadida FIFA vakili Ulf Shott kecha poytaxtimizga tashrif buyurdi. 30-31 mart kunlari Ulf Shott ishtirokida ishchi uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bugun ishchi uchrashuvning dastlabki kunidan o‘rin olgan masalalar muhokama qilindi..

 

Uchrashuv davomida FIFA vakili dasturning asosiy maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritib, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Ulf Shott uchrashuv davomida O‘FA mutasaddilari va xodimlari bilan futbolni rivojlantirish, yosh iqtidorlarni kashf qilish, turli yoshdagi terma jamoalar raqobatbardoshligini oshirish mavzusida fikr almashmoqda. 

Ertaga ishchi uchrashuv davom etadi. Ertangi uchrashuv kun tartibidan texnik direktorlar, murabbiylar, mutaxassislar malakasini oshirish, yosh iqtidor egalarini kashf qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rin olgan.

 

Tadbir so‘nggida muhokamalar bo‘yicha xulosalar qilinib, dasturdan kelib chiqqan holda kelgusi rejalar tuziladi va ularni amalga oshirish byo‘icha yo‘riqnomalar beriladi. 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:38, 30.03.2019.
O'qildi: 1285 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик