Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Intervyu. Igor Yelich: "Aslida yarim himoyachiman"

Intervyu. Igor Yelich: "Aslida yarim himoyachiman"

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Intervyular

Hozirgina yakunlangan “Lokomativ” va “Navbahor” klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, “Loko” futbolchisi Igor Yelichni suhbatga tortdik.

Avvalambor g‘alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv to‘g‘risida fikrlaringiz?

Rahmat! Uchrashuvda qiyinchilikka uchradik. “Navbahor” bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. To‘g‘risi ulardan mavsum boshida bunday o‘yin kutmagan edik.

Bugun “Loko” birinchi bo‘limda juda yomon o‘yin ko‘rsatdi. Buning sababi nimada?

O‘ylashimcha mavsum endi boshlangani uchun yigitlar to‘liq formaga kirib ulgurishganicha yo‘q.

Mavsum endi boshlandi deyapsiz, “Lokomotiv” bir nechta rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushishga ulgurdi-ku?

(Kuladi) Balki bu biz uchun kamlik qilayotgandir…

OCHLning birinchi turida ham, bugun ham hisob ochilgandan so‘ng jamoa negadir natijaga o‘ynamoqda? Bu murabbiy tomonidan berilgan ko‘rsatmami yoki jamoaning ochiq futbol o‘ynashga kuchi yetmaydimi?

Yoq bu gapingizga qo‘shilmagan bo‘lardim. “Super kubok”da ochiq futbol o‘ynadik. Bugun shunchaki raqib bizga bosh zo‘nalar deyarli qoldirmadi.

Sizni himoyachi sifatida ko‘rib o‘rganib qolganmiz. Andrey Fyodorov esa sizni tayanch yarim himoyachi sifatida maydonga tushirmoqda. Siz uchun qay biri qulay?

Aslida, tayanch yarim himoyachisiman. O‘zbekistonga ilk jamoamda Viktor Kumikov meni markazga ko‘chirgan edi. Andrey Fyodorov esa yana o‘z pozisiyamga qaytardi. Men uchun qaysi pozisiyada o‘ynashning ahamiyati yo‘q. Jamoamga foyda keltirsam bo‘lgani.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:25, 30.03.2019.
O'qildi: 1848 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.