Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Intervyu. Jaloliddin Masharipov: «Raqib bizni qiynab qo‘ydi»

Intervyu. Jaloliddin Masharipov: «Raqib bizni qiynab qo‘ydi»

Baho:
+ | -
Bo'lim:

Hozirgina yakunlangan Toshkent «Derbiy»sidan so‘ng o‘zbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri, yosh bo‘lishiga qaramay ko‘plab muxlislar orttirgan iqtidorli futbolchi Jaloliddin Masharipovni suhbatga tortdik.

Avvalambor, g‘alaba muborak! O‘yin haqida fikrlaringiz

Rahmat, o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, raqib bizni bugun rosa yugurishga majbur qildi. To‘g‘risi, bunday qarshilikni kutmagan edik. Shunga qaramasdan, o‘yinimizni topib oldik va g‘alabani qo‘lga kiritdik.

Yoshlardan tashkil topgan klubga bugun g‘alaba uchun nima yetishmadi?

Bugun ularga ozgina tajriba yetishmadi deb o‘ylayman. Vaqt o‘tgani sayin tajriba ham sekin-asta yig‘lilib boradi. Umid qilaman, bu yigitlar o‘zbek futbolida o‘z so‘zlarini aytadilar.

Bugungi uchrahsuvda «Bunyodkor» futblchilardan qay birini alohida qayd etgan bo‘lar edingiz?

Umuman olganda, bugun ularda hamma yaxshi o‘ynadi.Ko‘rib tuibsiz ( kuladi)  bizni tinkamizni quritishdi (Kuladi). Alohida aytish kerak bo‘lsa, 8-raqamdagi futbolchini o‘yini menga yoqdi.

Bilamiz biryo‘la ikkita frontda kurash olib borish juda mushkul. «Paxtakor» OCHLga urg‘uni kuchaytiradimi, yoki «Super Liga»gami?

To‘g‘ri, kurash olib borish juda mushkul, lekin hamma turnirlarda ijobiy natija ko‘rsatishga harakat qilamiz. Shunga qaramasdan, asosiy e’tiborni OCHLga qaratsak kerak. Chunki klub tomonidan bizga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgan.

OCHL dagi navbatdagi uchrashuv oldidan muxlislarga  nima degan bo‘lar edingiz?

Avvalambor, bugungi uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislarimizga rahmat deb qolaman. Navbatdagi uchrashuvimizda bizni qo‘llab - quvvatlab turishlarini so‘rab qolgan bo‘lar edim
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:44, 31.03.2019.
O'qildi: 3363 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.