Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Ronaldu va Messi bir jamoada o‘ynashi mumkin — El Nacional

Ronaldu va Messi bir jamoada o‘ynashi mumkin — El Nacional

Baho:
+2 | -

Futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri bo‘lgan Krishtianu Ronaldu Lionel Messi bilan bir jamoada to‘p surish niyatida “Inter Mayami” klubiga o‘z xizmatlarini taklif qilgani aytilmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Asosiy maqsad — futbolchilar faoliyatining yakuniy bosqichi bo‘lishiga qaramay, barcha davrlarning eng kuchli hujumkor duetlaridan birini shakllantirish.

Mabaning xabar berishicha, Krishtianu Ronaldu Lionel Messi bilan bir jamoada to‘p surish uchun Saudiya Arabistonidagi ko‘p millionli shartnomasini sezilarli darajada qisqartirishga tayyor. Bu qaror unga AQSHda yangi imkoniyatlar, jumladan reklama loyihalari, shuningdek, “Manchester Yunayted” afsonasi Devid Bekhem bilan yaqin hamkorlik qilish yo‘lini ochishi mumkin. Bundan tashqari, Ronaldu 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik masalasini ham hisobga olayotgani aytilmoqda.

Shu bilan birga, xabar 28 dekabr kuni — ispan tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda Hazil kunida (1 aprelga o‘xshash sana) e’lon qilinganini unutmaslik lozim. Shu sababli mazkur ma’lumotning ishonchliligi savol ostida qolmoqda.

Biroq Ronaldu va Messining bir jamoada to‘p surishi haqidagi g‘oya futbol jamoatchiligi orasida katta qiziqish uyg‘otib, ommaviy axborot vositalarida faol muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi “Oltin to‘p” sovrinini 8 bor qo‘lga kiritib, o‘ziga xos rekord qayd etgan. Uning eng yaqin ta’qibchisi ham aynan Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. “An-Nassr” hujumchisi ushbu mukofotni 5 marta qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:50, 29.12.2025.
O'qildi: 4100 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.