Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Umid Ahmadjonov Samvel Babayanning qaytishini keskin qoraladi

Umid Ahmadjonov Samvel Babayanning qaytishini keskin qoraladi

Baho:
+1 | -1

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov yaqinda Toshkentning “Lokomotiv” klubida ish boshlagan terma jamoa sobiq murabbiyi Samvel Babayan haqida keskin fikrlar bildirdi. Bu haqida Akmal Eshonxonov Feysbukdagi sahifasida ma’lumot qoldirgan.

Ahmadjonovning aytishiga ko‘ra, Babayan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yaqiniga yo‘naltirililmaydi. Shuningdek, Umid Ahmadjonov Samvel Babayanni subuti yo‘q inson ham deb atadi.

“Yaxshilikka yomonlik bo‘lib qoldi. Xorijga ketgani uchun birovning rizqini qiymaylik deb yaxshilik qilsak, u darrov boshqacha o‘yin qildi. Agar Babayanning subuti bo‘lganida edi, u O‘zbekistonga qaytib kelmagan bo‘lardi.

Odamlar orasida esa turli mish-mishlar tarqalib ketdi. O‘FA bularning barchasidan xabardor.

Prezidentimiz ham kechirimli bo‘lish kerakligini aytgan edilar, biz ham shunday yo‘l bilan uni kechirgan edik.

Shunisi aniqki, men o‘z lavozimimda ekanman Babayanni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yoniga ham yaqinlayshtirmayman”, degan Umid Ahmadjonov.

Ma’lumot o‘rnida, Samvel Babayan 2019 yilning 2 fevral kuni “Lokomotiv” futbol klubi prezidenti To‘labek Akramovning maslahatchisi etib tayinlandi.

Kiritildi: 21:05, 07.04.2019.
O'qildi: 17556 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик