Shu kunga qadar o‘zbek futboli haqida gap ketganda, totalizator degan so‘z ham qo‘shib gapiriladigan bo‘lib qolgandi.
Murabbiylar va futbolchilar orasida bukmekerlik saytlarda stavkalar qo‘yiladigan mutaxassislar borligi borasida muxlislar bot-bot gapirishardi. Mana endi ularning sirlari sekin-asta ochilib borsa ajab emas. Zero, O‘FAdagi mutaxassislar bu borada yeng shimarib ishga kirishishgan. Tez orada yangi tafsilotlar haqida ham ma’lumotga ega bo‘lsak ajab emas.
Yong‘oq qurti haqidagi quiydagi hikoya totalizatorga mukkasidan ketgan va total futbol hayotida yashayotgan ayrim shaxslarga juda mos tushishiga ishonchim komil.
- Yong‘oq qurti o‘zi sig‘adigan teshik ochib, yong‘oqni ichiga kirib nima bo‘lsa yeydi. Yegan sari semiradi va to‘yadi. Yong‘oq ichida hech narsa qolmagandan so‘ng, tashqariga chiqishga intiladi. Teshik kichik bo‘lgani uchun tashqariga chiqolmaydi. Undan ham yomoni yong‘oqning ichi quriy boshlaydi, endi teshikni kengaytirishni imkoni qolmaydi. Birgina chora ozimoq bo‘ladi. Yong‘oq ichida majbur ochlikdan ozib, eski zaif holiga qaytib tashqariga chiqadi. Qarasaki uning uchun mavsum tugab ortda qurigan yong‘oqdan boshqa hech narsa qolmagan bo‘ladi.
Chindan ham futbolni faqat totalizator va pul topish manbaiga aylanitirib olgan ayrim insonlarning yashash tarzi xuddi yong‘oq qurti kabidir.
Mol-dunyo dardida umrini behuda narsalar bilan bekor qilib o‘tkazib yuboradi. Endi bo‘ldi munosib shaklda buyurilganday yashay deganda umrining so‘nggi damlarini yashayotgan bo‘ladi.
Bu maqola orqali kimdir yomonlamoqchi, kimnidir tarafini olmoqchi emasmiz. Shunchaki, futbolimizda yangi kunlar kelganini, endi barchasi boshqacha bo‘lishini ta’kidlamoqchiman, xolos. Prezidentimiz aytganlaridek “Endi bunday yashab bo‘lmaydi. O‘zgarishlar davri keldi”. Qilingan hatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, yangicha hayot tarziga yaratish vaqti keldi. Hali ham kech emas. Futbolimizda yorug‘ kunlar keldi, uning davomli bo‘lishini istaymiz.
«Real»ga Vinisiusni sotishni maslahat berishdi [2491]
«Real» prezidenti futbolchilarni keskin tanqid qildi [2393]
«Real» Kamavingani transferga qo‘ydi [2055]
Sobiq hakam: «Real»ning «Bavariya»ga urgan ikkita goli bekor qilinishi kerak edi» [1993]
Argentinani Jahon chempioni qilgan murabbiy «Real»ga kelishi mumkin [1910]
«Oltin to‘p – 2026»: Maykl Olise kuchli uchlikka kirdi, Messi va Ronalduning pozisiyalari o‘zgardi [1805]
«Real» Kamavinga o‘rniga yulduz futbolchini olib keladi [1713]
«Barselona» 16 yoshli braziliyalik iqtidorni sotib olmoqchi [1689]













