O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, akademiya bitiruvchilarining kelajakda yetuk futbolchi bo‘lib yetishishlarini ta’minlash, milliy va yoshlar terma jamoalari uchun munosib nomzodlar tayyorlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, shu yilning 6-7 aprel kunlari O‘zbekiston futbol assosiasiyasi binosida hududiy bolalar va o‘smirlar akademiyalari ingliz tili o‘qituvchilari uchun navbatdagi seminar tashkil etildi. Seminarni O‘FA Futbolni rivojlantirish departamenti direktori Ongar Jalimov ochib berdi. U o‘qituvchilarga oldilariga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarishda omad tiladi.
Shundan so‘ng seminarning amaliy qismi boshlandi. Unda akademiyalar tarbiyalanuvchilari hamda murabbiylari uchun “English For Football” ingliz tili o‘quv-dasturini amaliyotga tatbiq etish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga videotaqdimot o‘tkazildi. Seminarni ingliz tili bo‘yicha mutaxassis Sa’dulla Muzaffarov olib bordi. Seminar so‘nggida aprel va may oylarida akademiyalarda o‘qitiladigan darslar muhokama qilindi. O‘qituvchilarga maqsad va vazifalar tushuntirilib, topshiriqlar berildi.
Shomurodovga gol urish uchun atigi 10 daqiqa kerak bo‘ldi! (+Video) [3724]
Xoland keraksizga chiqarildi [2845]
Superliganing 27-tur o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi [2342]
"Barselona" yarim himoyachisi Flik qo‘l ostidagi mavqeidan norozi [2339]
Turkiya superligasi. «Bashakshehir» - «Samsunspor» - 5:2 (Videosharh) [2037]
Mbappe emas: Kurtua yaqindagi "El-Klasiko"da "Real"ga g‘alaba keltirgan futbolchini aytdi [1847]
La Liga. "Real" "Rasing"ni yirik hisobda mag‘lub etdi [1648]
"Real" va "Barselona" futbolchilari "Chelsi"ning transfer ro‘yxatida [1615]
Mourinyo "Real"ga "Arsenal" futbolchisini olib kelishni orzu qilmoqda [1425]
«Rasing» va «Real» bahsi uchun asosiy tarkiblar ma’lum bo‘ldi [1383]













