Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

OCHL. «Lokomotiv» «Al Ittihod» bilan uchinchi marta o‘ynaydi

OCHL. «Lokomotiv» «Al Ittihod» bilan uchinchi marta o‘ynaydi

Baho:
+ | -

9 aprel kuni “Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvini o‘tkazadi.

“Temiryo‘lchilar” Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Al Ittihod” mehmoni bo‘lishadi. “Qirol Abdulloh” stadionida kechadigan bahs mahalliy vaqt bilan 20:45da boshlanadi.

Bu har ikki jamoaning o‘zaro uchinchi to‘qnashuvi bo‘ladi. Ma’lumki, 2016 yil o‘tkazilgan Osiyo chempionlar ligasida ham “Lokomotiv” va “Al Ittihod” bitta guruhdan joy olgan va o‘shanda ikkala uchrashuv durang natija (1:1) bilan yakun topgandi.

23 fevral kuni o‘tkazilgan Toshkentdagi bahsda Sardor Mirzayev gol muallifi bo‘lgan. Mehmonlar safida Gelmin Rivas to‘p kiritgan. Oradan bir hafta o‘tib Jidda shahrida javob uchrashuvi o‘tkazilgan va bu o‘yin ham 1:1 hisobida yakun topgan.

O‘shanda Salli Muntarining goliga zaxiradan maydonga tushgan Temurxo‘ja Abduxoliqov penaltidan to‘p kiritib javob bergandi. Shundan beri oradan vaqt o‘tdi va mana endi Osiyo chempionlar ligasining uchinchi mavsumiga kelib jamoalar yana bir guruhdan o‘rin olishdi.

O‘tgan vaqt mobaynida “Loko” safida bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. 2016 yil “Al Ittihod”ga qarshi maydonga tushganlardan Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Server Jeparov, Nemanya Yanichich, Sanjar Shoahmedov, Sherzod Fayziyev, Marat Bikmayev, Ikrom Aliboyev, Sadriddin Abdullayev, Quvondiq Ro‘ziyev, Jasur Hasanov kabi futbolchilar “temiryo‘lchilar” safini tark etishdi. Jamoa sardori sifatida harakat qilgan Timur Kapadze futbolchilik faoliyatiga yakun yasab murabbiylik kasbini boshladi.

Endi ertaga jamoalar uchinchi marta o‘zaro kuch sinab ko‘rishadi. Shuni aytish lozim, ertangi o‘yinga muxlislar kiritilmaydi. Chunki “Al Ittihod” stadioni OFK tomonidan ikkita o‘yinga diskvalifikasiya qilingan.

“Qirol Abdulloh” stadionida bo‘lib o‘tgan “Al Ittihod” – “Al Rayan” bellashuviga ishqibozlar kiritilmadi. Ertangi uchrashuv ham shunday tarzda kechadi. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan javob bellashuvi esa 22 aprelga belgilangan.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 08:19, 09.04.2019.
O'qildi: 3500 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.