Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

O‘zbekiston ayollar OTJning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati qanday?

O‘zbekiston ayollar OTJning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati qanday?

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan guruhdagi so‘nggi uchrashuvda Gonkongga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur o‘yin bilan parallel ravishda Vyetnam terma jamoasi Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bundan avvalgi ikkita o‘yinda 1ta mag‘lubiyat va 1ta g‘alaba qayd etgan.

Vyetnam terma jamoasidan 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, Iordaniya darvozasiga javobsiz 2ta gol kiritgan.

Hozirda terma jamoamiz 3 ochko jamg‘arib, guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. To‘plar nisbati bizda +1, ya’ni raqib darvozasiga 3ta gol kiritib, o‘z darvozamizdan 2ta gol o‘tkazib yuborganmiz.

Vyetnam terma jamoasi esa ikkita o‘yinda g‘alaba qozongan holda, guruhda 1-o‘rinni egallab turibdi.

To‘plar nisbati Vyetnamda +2, ya’ni vyetnamliklar raqib darvozasiga 4ta gol kiritib, o‘z darvozalaridan 2ta gol o‘tkzaib yuborishgan. Guruhdan keyingi bosqichga faqat bitta jamoa chiqishini ham eslatib o‘tish zarur.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi keyingi bosqichga yo‘l olishi uchun bugun Gonkongni istalgan hisobda mag‘lubiyatga uchratishi, Vyetnam esa istalgan hisobda Iordaniyaga mag‘lub bo‘lishi kerak.

Masalan, bugun biz 1:0 hisobida g‘alaba qozonsak, Vyetnam esa xuddi shu hisobda mag‘lubiyatga uchrasa, ochkolar bo‘yicha tenglik yuzaga keladi. Bu holda to‘plar nisbatiga qaraladi. To‘plar nisbati bizda +2 ko‘rinishini oladi. Vyetnamda esa +1 ko‘rinishiga kelib qoladi. Bu holda yo‘llanma O‘zbekistonga nasib qiladi.

Ko‘rinib turganidek, Vyetnamda imkoniyat yaxshiroq. Ular bugun durang qayd etishsa ham keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi. O‘zbekiston esa faqat g‘alaba qozonishi va Vyetnamning mag‘lubiyatini kutishga majbur.

Manba: UFA
Kiritildi: 09:55, 09.04.2019.
O'qildi: 3151 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.