Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

APL. «Liverpul» chempionlik uchun muhim qadam tashladi

APL. «Liverpul» chempionlik uchun muhim qadam tashladi

Baho:
+ | -1

Uzoq yillik tanaffusdan keyin "Liverpul" chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin. Mersisaydliklar Angliya premyer-ligasining 34-turi doirasida o‘z maydonlarida "Chelsi"ni qabul qilib, murakkab g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Foydalanilmagan imkoniyatlar
Klopp shogirdlarini faqat va faqat g‘alaba qanoatlantirar edi. Tabiiyki, mezbonlar o‘yinni faol boshlashdi. Ular tanaffusga qadar 3ta golli vaziyat yaratishdi. Ikki marta Kepa Arrisabalaga yaxshi harakat qilgan bo‘lsa, bir vaziyatda Sadyo Manega aniqlik yetishmadi.

Ikki daqiqada ikkita gol
Ikkinchi bo‘lim boshida nihoyat "Liverpul" hisobni ochdi. Jarima maydonchasining o‘ng tomonida Saloh-Firmino-Xenderson qisqa paslaridan keyin Jordan to‘pni shunday yetkazdiki, Mane bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilmasligi "gunoh" bo‘lardi.

Oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas Saloh o‘ng qanotda to‘pni qabul qilib, bir himoyachini aldagancha markaz tomon yurdi va kuchli zarba berdi. Olis "to‘qqizlik"ga kirayotgan to‘pni Kepa Arrisabalaga qaytara olmadi.

Eh, Azar...
O‘tkazib yuborilgan gollarga qaramay londonlik o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi. "Chelsi" yetakchisi Eden Azar bir daqiqa ichida ikkita o‘ta qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. 59-daqiqada u mezbonlar posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. Oradan 1 daqiqa o‘tib, chap qanotdan yetkazib berilgan uzatmaga yana o‘sha Eden "Liverpul" darvozaboni bilan yuzma-yuz holatda zarba berdi. Alisson o‘zi tomon yo‘llangan zarbani bartaraf etdi.

Hisobga qarab o‘yin
Shundan so‘ng Klopp shogirdlari raqibga boshqa xavfli vaziyat yaratish imkonini bermadi. Maydon egalari to‘pni yaxshi nazorat qilib, imkon bo‘lishi bilan hujum tashkil qilish payida bo‘ldi. "Liverpul" ushbu hisobni saqlab qoldi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Kim chempion bo‘ladi?
Bugungi g‘alabadan keyin "Liverpul" asosiy raqibi "Manchester Siti"dan 2 ochko oldinga o‘tib oldi. "Shaharliklar" hisobida bitta zaxira o‘yini bor. "Liverpul" 4ta o‘yindan 2tasini safarda "Kardiff" va "Nyukasl"ga qarshi, qolgan 2tasini o‘z maydonida esa "Haddersfild" va "Vulverxempton" bilan bahs olib boradi.

"Manchester Siti"ni esa 20 va 24 aprel kunlari ketma-ket "Tottenxem" va "Manchester Yunayted"ga qarshi qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Gvardiola jamoasi mana shu 2ta to‘qnashuvda ochko yo‘qotmasa, chempionlik masalasi ularning qo‘lida qoladi.

"Chelsi" esa bugungi mag‘lubiyatga qaramay, APL jadvalida kuchli to‘rtlikka qildi. "Arsenal" esa ertaga "Uotford"ni mag‘lub etsa, hamshaharlaridan o‘tib ketadi.

APL, 34-tur
Liverpul – Chelsi 2:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 51 Mane, 2:0 – 53 Salax.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Fabinyo, Xenderson (Milner, 77), Keyta (Veynaldum, 66), Mane, Firmino, Salax (Shakiri, 90).
Chelsi – Arrisabalaga, Emerson, David Luiz, Aspilikueta, Ryudiger (Kristensen, 40), Azar, Loftus-CHik (Barkli, 75), Villian, Jorjinyo, Xadson-Odoi (Iguain, 56), Kante.
Ogohlantirish: Aspilikueta (44).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:26, 14.04.2019.
O'qildi: 7166 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик