Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Yurtimizda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatini o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Yurtimizda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatini o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilning 22-28 aprel kunlari yurtimizda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joiz, velosiped sportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar, o‘smirlar va paralimpiyachilar o‘rtasida Osiyo chempionati O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqa erkak va ayol sportchilar uchun 2020 yil Tokio (Yaponiya) shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma (lisenziya) olish imkonini beradi.

Osiyo chempionatida Xitoy, BAA, Filippin, Yaponiya, Tailand, Janubiy Koreya, Vyetnam, Hindiston, Gongkong, Mo‘g‘uliston, Iordaniya, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaman, Malayziya, Livan kabi 36 davlatdan 520 nafar sportchi ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Musobaqa munosabati bilan Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) prezidenti David Lapartyen va Osiyo Velosport Konfederasiyasi (ASS) prezidenti Osama Ahmad Al-SHafar rahbarligidagi nufuzli delegasiyalar tashrifi kutilmoqda.

Chempionat tadbirlari doirasida, aniqrog‘i 26 aprel kuni Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Osiyo velosiped sporti konfederasiyasining navbatdagi Kongressi ham o‘tkaziladi.

Poygalar dastlab to‘rt kun davomida G‘azalkent shahri hududida kechadi, so‘nggi ikki kun Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasi yonidan start oladi. Marra chizig‘i Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Bildirsoy” dam olish oromgohi yaqinida va Sijjak qishlog‘i hududida belgilanadi. Musobaqa jarayonlarini vertolyotlar yordamida tasvirga olib, efirga uzatish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport, xususan velosiped sportini yanada ommalashtirish va rivojlantirish, milliy terma jamoa zaxirasini shakllantirish bilan birga respublikamizda turizmni rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega.

Manba: Minsport
Kiritildi: 12:41, 17.04.2019.
O'qildi: 1601 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик