Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

O‘ziga o‘xshamaganlar

O‘ziga o‘xshamaganlar

Baho:
+ | -

Bu mavsumda Yevropaning qaysi klublari ko‘pchilik kutgan natijani qayd eta olmadi? Qaysi klub hammani o‘z omadsizligi bilan hayratda qoldirdi? Bugungi maqola orqali savollarga javob olishga urunib ko‘ramiz

«Fulhem»

Mavsum boshida «Chempionship»dan APLga qaytishni uddasidan chiqa olgan klub yil boshida transfer uchun 109 million yevro sarflagan bo‘lsada, hech narsa ko‘rsata olmadi. Tarkibida Riko, Shyurlle, Sessenion, Babel, Mitrovich singari kuchli futbolchilari bor jamoani boshqargan Klaudio Raniyeri ham vaziyatdan chiqib keta olmadi.”Fulhem” muxlislari bu mavsumni klub tarixidagi eng omadsizi deb atashdi. Sababi, g‘alaba qozonish mumkin bo‘lgan uchrashuvlarda omad «Fulhem»dan ochiqchasiga yuz o‘girdi. Bu klubga «Chemponship»da omad tilab qolamiz.

"Shalke 04"

O‘tgan mavsumda «Bundesliga» kumush medallariga ega chiqqan klub muxlislarini bu mavsumda ancha ranjitishdi.Gap shundaki ular, «Bundesliga»ning ilk beshta turida 1 ochko ham to‘plashni uddasidan chiqa olishmadi va ichki chempionatda 12-pog‘onaga tushib ketishdi. Achinarlisi, «Shalke 04» YCHL doirasida play-off bahsida «Manchester Siti»dan gollar guldastasini qabul qildi. Rahbariyat bu mag‘lubiyatni qabul qila olmadi va o‘tgan mavsumdagi ajoyib natijani ham bir chetga surib qo‘ygancha, bosh murabbiy Todeskaga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi.

«Fenerbahche»

Viktor Mozez, Islom Slimani singari ajoyib futbolchilarni mavsum boshida harid qilgan klub so‘nggi 10 yil davomida biror marotaba chempionatni 3-o‘rindan pastda yakunlamagan ekan. Hozirda Turkiya grandi 18 jamoa ichida 14-pog‘onada borayotgani Yevropani hayratda qoldirmoqda. Klub muxlislari esa, bunday pasayishni hazm qila olmayapti. «Fenerbahche» klubi muttasaddilari keyingi mavsumda katta transferlar va sovrinli o‘rinni vada qilmoqda. Ko‘ramiz, voqealar rivoji qanday yakunlanar ekan.

«Real Madrid»

Bu mavzuda ko‘plab maqolalarni o‘qigansiz. Shunday bo‘lsada, bu mavsumning asosiy antiqahramoni so‘zsiz «Real Madrid». Ichki chempionatda «Barselona»ga mag‘lub bo‘lgani yetmaganidek, YCHLdagi sharmandali mag‘lubiyat klub statusini keskin tushirib yubordi. Ko‘hna qit’adagi eng nufuzli sovrinning qatorasiga 3 karra sohiblari mavsum boshidan beri 2 ta murabbiyga javob berib yuborishga ham ulgurishdi. Zidanning qaytishi esa, ko‘pchilikda kelajakka umid bermoqda.«Real Madrid» uchun bu mavsum yangi asr tarixida eng yomoni bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:42, 17.04.2019.
O'qildi: 6073 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик