Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Biatlon. Mamlakat chempionlari aniqlandi

Biatlon. Mamlakat chempionlari aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan 100 ga yaqin mahoratli sportchilar o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi. Chempionatning dastlabki kunida biatlonchilar rollerda bahs olib bordi. Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Toshkent viloyati vakili Inobat Tojiyeva eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etdi. Ikkita o‘q otish yo‘lagiga ega 6 km.lik poygada uning jamoadoshi Naima Bekmuratova 2-o‘rinni egalladi. 

Kuchli uchlikdan poytaxtlik Anastasiya Zolotarenko joy oldi.

Ushbu yo‘nalishda o‘g‘il bolalar o‘rtasida kechgan musobaqada Toshkent viloyati vakili Dilmurod Abdurahmonov g‘alaba qozondi. Surxondaryolik Vitaliy Slastyon 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, mezbon sportchi Beynbet Begasilov shohsupaning 3-pog‘onasini band etdi.

Musobaqa mamlakatimiz yoshlari orasida sportning texnik va amaliy turlaridan biri bo‘lgan yozgi biatlonni yanada rivojlantirish, uni o‘g‘il-qizlar orasida ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni aniqlab olish maqsadida uyushtirildi.

Yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston ochiq kubogining sprint va pasyut yo‘nalishlarida o‘tkazilgan bellashuvlarda g‘oliblik uchun kurash yanada murosasiz kechdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida sprint musobaqasida farg‘onalik Muzaffar Mamasoliyev zafar quchdi. 4 kilometr masofa hamda ikkita o‘q otish yo‘lagidan iborat bahslarda 2-o‘rinni surxondaryolik Vitaliy Slastyon egalladi. Kuchli uchlikdan farg‘onalik Nurmuhammad Qosimov joy oldi.

Qizlar o‘rtasida samarqandlik Sevara Choriyeva birinchi bo‘lib marraga yetib keldi. Uning jamoadoshi Madina Sagatova esa 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 3-o‘ringa namanganlik Shohsanam Abdullayeva sazovor bo‘ldi.

Pasyut yo‘nalishidagi poygalarda farg‘onalik Muzaffar Mamasoliyev ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Uning jamoadoshi Fayzulla Urazxodjayev esa kumush medalga loyiq ko‘rildi. Bronza medali mezbon sportchi Begzod Bekovga nasib etdi.

Qizlar o‘rtasida ushbu yo‘nalishda samarqandlik sportchilar Sevara Choriyeva hamda Madina Sagatova navbatdagi oltin va kumush medallarni o‘zlariniki qildi. Namanganlik Adolat To‘rayeva bronza medali bilan taqdirlandi.

Musobaqaning so‘nggi kunida hakamlar individual poygalarda kuchlilarni saralab oldi. 7 kilometr masofada 4ta o‘q otish yo‘lagidan iborat bellashuvlarda 47 nafar sportchi startga chiqdi. O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan poygalarda mezbonlar vakili Dilmurod Abdurahmonovga teng keladigan sportchi bo‘lmadi. 

Farg‘onalik Muzaffar Mamasoliyev ikkinchi natijani qayd etdi. Kuchlilar safidan surxondaryolik Vitaliy Slastyon ham joy oldi. Ta’kidlash kerak, mazkur sportchilar sprint va pasyut yo‘nalishlarida ham sovrinli o‘rinlarni band etgandi.

Umumjamoa hisobida Farg‘ona viloyati jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Namanganlik biatlonchilar 2-pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, Toshkent viloyati sportchilari kuchli uchlikka yakun yasab berishdi.

Manba: minsport
Kiritildi: 14:48, 18.04.2019.
O'qildi: 1420 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.