«Manchester Yunayted» «Sanderlend» yarim himoyachisi Noa Sadikini kuzatishda davom etmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qora mushuklar» 21 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar oynasida sotish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
«Sanderlend» bosh murabbiyi Rejis Le Bris rahbariyatga o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatni yanada rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlagan. Ammo buning uchun jamoaning asosiy tarkibini saqlab qolish muhim ekanini bildirgan.
Noa Sadiki 2025/2026 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Futbolchining «Sanderlend» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli yarim himoyachining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.













