Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

La liga. «Barselona» bugun chempionga aylanishi mumkin (videosharh)

La liga. «Barselona» bugun chempionga aylanishi mumkin (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida «Alaves» o‘z uyida «Barselona»ni qabul qildi.

Valverde bu bahsda Rakitichga dam berishga qaror qilgan bo‘lsa, Messini zaxirada qoldirdi. Maydon egalari tanaffusga qadar kataloniyaliklarning hujumlarini ishonch bilan bartaraf etishdi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki 10 daqiqasi ichida "ko‘k-anorranglilar" o‘zlariga xos uslubda xavfli hujum tashkil qilishdi va Karles Alenya undan samarali foydalandi. Ikkinchi gol ham o‘zini ko‘p kuttirib qo‘ymadi. Hakam "Alaves" darvozasi penalti belgiladi va o‘z qarorini VAR yordamida tekshirib oldi. Luis Suares esa 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, amalda o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barsa" o‘z ochkolarini 80taga yetkazib qo‘ydi. Kataloniyaliklar ikkinchi o‘rindagi "Atletiko"dan 12 ochko oldinda borishmoqda. Diyego Simeone jamoasi bugun "Valensiya"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchrasa, "Barselona" muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritadi. Aks holda chempionlik masalasi 27 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan "Levante"ga qarshi uchrashuvga qoldiriladi.

Ispaniya La ligasi, 34-tur
Alaves – Barselona 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 54 Alenya, 0:2 – 60, penalti Suares.
Alaves – Pacheko, Vigaray, Laguardia, Eli (Tvumasi, 71), Ximo Navarro, Duarte, Rolan (Brashanas, 46), Vakaso, Pina, Xoni Rodriges (Gvidetti, 81), Baston.
Barselona – ter Shtegen, Nelson Semedu (Alba, 70), Pike, Umtiti, Serji Roberto, Vidal, Buskets, Alenya (Artur, 87), Dembele (Messi, 61), Suares, Koutinyo.
Ogohlantirishlar: Xoni Rodriges (33), Ximo Navarro (56), Koutinyo (76), Pina (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:44, 24.04.2019.
O'qildi: 10145 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик