Bugun O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida Boks bo‘yicha Osiyo chempionatlarida chempion bo‘lish bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasiga yetib oldi!
Tailandda bo‘lib o‘tgan yubiley, XXX Osiyo chempionatining so‘nggi janggi ham o‘z yakuniga yetdi. Nodirjon Mirzahmedov, Miraziz Mirzahalilov, Bobo Usmon Boturov va Bahodir Jalolovlar tomonidan qo‘lga kiritilgan 4ta oltin, Sanjar Tursunovning kumushi va Shukurjon Rahimovning bronzasi bizni musobaqada yakka peshqadamga aylantirdi.
Markaziy Osiyo davlatlari Osiyoga qo‘shilgan vaqtdan boshlangan ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:
1994. Qozog‘iston
1995. Qozog‘iston
1997. Tailand
1999. O‘zbekiston
2002. O‘zbekiston
2004. Kozog‘iston
2005. Pokiston
2007. O‘zbekiston
2009. Xitoy
2011. Xitoy
2013. Qozog‘iston
2015. Qozog‘iston
2017. O‘zbekiston
2019. O‘zbekiston
1963 - 2019 yil natijalariga ko‘ra 7ta davlat umumjamoa hisobida birinchilikni qo‘lga kiritgan. 1994 yilgacha Osiyoning yaqqol favoriti bo‘lgan Janubiy Koreya terma jamoasi O‘zbekiston va Qozog‘istonni Osiyoga a’zo bo‘lishidan so‘ng biron marotaba birinchi o‘rinni qo‘lga kiritmagan.
1. Janubiy Koreya - 11
2. O‘zbekiston va Qozog‘iston - 5
3. Tailand - 3
4. Xitoy, Yaponiya - 2
5. Eron va Pokiston - 1
2021 yilgi Osiyo chempionati mezboni yaqin vaqtlar ichida ma’lum bo‘ladi. Tokio Olimpiadasidan keyingi qit’a chempionatida oltinlarimiz yana ko‘p bo‘lishiga umid qilib qolamiz.
P.S: 2011 yilgi musobaqada Xitoy, Qozog‘iston va Janubiy Koreya terma jamoalari bir xilda, 2tadan oltin medal qo‘lga kiritganlar. Kumush medallar hisobiga Xitoy umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Osiyo chempionatida bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislar va mutaxassislarga HAVASKOR BOKS FEDERASIYASI tomonidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!