Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Sherzod Hakimov: «Chiroyli o‘yin esdan chiqadi, natija saqlanib qoladi»

Sherzod Hakimov: «Chiroyli o‘yin esdan chiqadi, natija saqlanib qoladi»

Baho:
+ | -

Ushbu mavsumdan e’tiboran Surxondaryoga ham katta futbol qaytdi. Aniqrog‘i, Termizning «Surxon» klubi bir necha yillik tanaffusdan so‘ng yana elitada qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldi. Chempionat startiga oz muddat qolgan vaqtda, jamoa o‘z safini tajribali va mahoratli futbolchilar bilan to‘ldirdi.

Murabbiylikka esa «Lokomotiv»da ulkan tajriba orttirgan Andrey Miklyayev taklif etildi. Qilingan o‘zgarishlar samarasi o‘laroq, termizliklar chempionatni ijobiy natijalar bilan boshlashdi, raqib qanday kuchga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, munosib kurash taqdim etishmoqda.

Jumladan, Jizzaxdan yirik g‘alaba bilan qaytishdi, turnir karvonboshisi - «Paxtakor» bilan durang o‘ynashdi. Bunda, albatta, iste’dodli hujumchi Sherzod Hakimovning ham o‘rni bor. Yaqinda iqtidorli forvardni suhbatga tortib, unga o‘zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdik.

- «Navbahor» bilan o‘yinda qayd etilgan yirik (0:3) hisobdagi mag‘lubiyatga nima sabab bo‘ldi?

- Barcha jamoalar qatori har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Biroq futbolning o‘ziga yarasha yozilmagan qonun-qoidalari bor. Mag‘lubiyat bilan g‘alaba doim yonma-yon yuradi. Ularning qay biri siz tomonda bo‘lishi o‘zingizga bog‘liq. Bu kabi mag‘lubiyatlar men va jamoadoshlarimni yanada kuchli qiladi, xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, keyingi turlarda surxondaryolik ishqibozlarni xursand qilishga urinamiz.

- Balki jamoa jismoniy taraflama toliqayotgandir?

- Futbol 90 daqiqadan iborat. Tabiiyki, kuchli raqiblarga qarshi bahslarda bir maromda to‘p surish osonmas. Tashqaridan qaralsa, murakkab emasdek tuyulishi mumkin, ammo maydonda harakat qilayotgan futbolchiga bu yaqqol bilinadi. Tarkibimizdagi barcha yigitlar professional, o‘z ishining ustasi. Qolaversa, ular bunday vaziyatlarda toblanishgan.

Umuman, sobiq jamoam «Neftchi» safida «Navbahor»ga qarshi ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazganman. Namanganliklar doim kuchli o‘yin namoyish etishgan, hamisha o‘z falsafalariga sodiq qolishgan. So‘nggi uchrashuvda ham raqib aynan shu jihat bo‘yicha ustunlikka erishdi.

- Andrey Miklyayev qo‘l ostida ilk bor o‘ynayapsiz, u jamoaga o‘z uslubini to‘liq singdira oldimi?

- Miklyayev yuksak saviyadagi murabbiy, uning «Lokomotiv» bilan qanday yutuqlarni qo‘lga kiritganini hamma biladi. O‘ylaymanki, u an’anasini «Surxon» bilan ham davom ettiradi. Faqat buni amalga oshirish uchun ma’lum vaqt kerak. Bilasiz, so‘nggi lahzalarda elitada ishtirok etishimiz aniq bo‘ldi, jamoa yangidan shakllanmoqda. Buni ham inobatga olish darkor.

- Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxon» antifutbol namoyish etyapti», qabilidagi fikrlar ko‘zga tashlandi. Aslida ham o‘yinlarga himoyaviy taktika tanlanyaptimi?

- Ushbu fikringizga qo‘shilmagan bo‘lardim. Futbol muxlislar uchun o‘ynalishi bot-bot takrorlanyapti, bu mavzuga yana qaytishimiz shart emas. Ba’zan kuchli raqiblarga qarshi bahslarda himoyaga nisbatan ko‘proq e’tibor qaratayotganimiz ayni haqiqat. Chunki grand klublar bilan o‘yinlarda bitta xato ham mag‘lubiyatga olib keladi. Nafaqat biz, balki boshqalar ham bunday paytlarda ehtiyotkorlikni ma’qul ko‘rishadi. Axir chiroyli o‘yin tezda esdan chiqadi, natija esa saqlanib qoladi.

- Endi sobiq klubingiz «Neftchi» xususida suhbatlashsak. Jamoani murakkab paytda tashlab ketish oson bo‘lmagandir?

- Darhaqiqat, «Neftchi» hayotimda muhim o‘rin tutadi. Futbolchi sifatida aynan shu klubda ulg‘aydim, kamol topdim. Afsuski, jonajon jamoam oxirgi yillarda omadsizlik girdobiga tushib qoldi. Farg‘onani tark etishimning o‘ziga xos sabablari bor, albatta.

Har bir futbolchi faoliyati davomida yangi marralarni ko‘zlaydi. «Surxon» oldiga aniq maqsad qo‘ygan, shu jihat o‘ziga qaratdi. Nasib qilsa, Farg‘onaga hali qaytaman.

- Odatda, urgan gollaringizni salto bilan nishonlaysiz. Bunday uslub sanoqli futbolchilarda kuzatiladi...

- To‘g‘ri, har bir futbolchi golni turlicha nishonlaydi. Salto men uchun odatga aylangan, buni Jeparovga o‘xshash uchun qilmayman. Ushbu futbolchini hurmat qilaman, terma jamoamiz tarixidagi eng kuchli ijrochilardan biri sifatida tan olaman. Server yarim himoyada o‘ynaydi, men esa hujumchiman. Shuningdek, iste’dodli yosh futbolchi Aziz G‘aniyevda ham shunday qobiliyat bor.

- O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra sizning golingiz «Yilning eng chiroyli goli» nominasiyasida g‘olib deb topildi. Shunday bo‘lishini kutganmidingiz?

- Yo‘q, albatta. Umuman olganda, nomzodlar qatoriga kiritilganimning o‘zi katta gap. Mazkur ro‘yxatda, shuningdek, Aziz Haydarov va Igor Yelich ham bor edi. O‘zimni ulardan ustun qo‘ya olmayman. Ammo yakunda meni g‘olib deb topishdi. Bunday e’tibor va e’tirof uchun barchaga minnatdorchilik bildiraman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 15:40, 02.05.2019.
O'qildi: 5059 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.