«Bunyodkor» klubi tashkil topganidan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida shonli tarix yarata oldi, bu jarayon qamon davom etmoqda.
O‘z vaqtida, «qaldir-g‘ochlar» safida jaqonga mashqur Rivaldo, Luizao, Denilson, Vilyanueva singari yulduzlar to‘p surishgan. Ular ishtirokidagi o‘yinlar yurtimiz stadionlarida katta bayramga aylanib ketardi. Qolaversa, maqoratli futbolchilar yonida maqalliy yoshlarimiz qam katta tajriba to‘plashdi. Qaysidir ma’noda, xorijlik iqtidor soqiblarining o‘zbek futboliga foydalari tegdi, deya olamiz. Esingizda bo‘lsa, 2008-2009 yillarda chililik Xose Luis Vilyanueva «Bunyodkor» safida o‘ynagandi. Ushbu forvard Toshkentdagi debyut uchrashuvidayoq «Paxtakor» darvozasiga ikkita gol urdi, OCHL baqslarida «xet-trik» qayd etdi. Bora-bora muxlislarning unga bo‘lgan meqri, ishonchi ortdi. Lekin klub bosh murabbiyligiga Luis Felipe Skolari tayinlangach, chililik forvard zaxirada qolib ketdi. Shunga qaramay, Xose «Bunyodkor» uchun taqsinga loyiq ishlarni amalga oshirdi. Shu bois futbolsevar ishqibozlar uni qamon ijobiy xotiralar bilan eslashadi. Yaqinda Xose Luis Vilyanueva bilan bog‘lanib, suqbatlashdik.
- Xose, O‘zbekistonni sog‘inmadingizmi?
- Albatta, sog‘indim, ayniqsa, milliy taomlaringizni qo‘msayapman. Chilida osh va boshqa taomlarni tayyorlab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Ikki yildan oshiq vaqt mobaynida O‘zbekistonda yashadim. Men va oila a’zolarim Toshkent bozorlariga borishni, sotuvchilar bilan savdolashishni yaxshi ko‘rardik. Buning qam o‘ziga yarasha gashti bor. Ko‘chalarni sayr qilar ekanmiz, o‘zbek xalqining meqrini qis qilishdan ortiq baxt yo‘q edi, men uchun.
- O‘zbek futbolidagi o‘zgarishlardan xabaringiz bormi? Milliy jamoamizda mashqur Ektor Kuper faoliyat yuritmoqda.
- Termangizda jaqon darajasidagi murabbiyning ishlayotgani quvonarli, albatta. U juda yaxshi inson, raqobatbardosh jamoa shakllantira oladi. To‘g‘ri, Kuper qujumkor o‘yin tarafdori emas, biroq u jamoani yuksak cho‘qqilarga olib chiqishiga ishonaman.
- «Bunyodkor»dan ketganingizdan keyin qayotingiz qanday kechdi?
- «Bunyodkor»dan ketishni qech qachon istamaganman, zero klubda qamma narsa meni qoniqtirardi. Mendan keyin Denilson va boshqa futbolchilarni taklif qilishdi. Ammo ularning qech biri «Bunyodkor»ga deyarli esda qolarli biror narsa taqdim etishmadi. Muxlislar kelajakda bu futbolchilarni eslay olishmas, ammo meni doim yodlarida saqlashadi. O‘zbekistondan keyin Argentina va Chilida to‘p surib, 2015 yilda katta futbol bilan xayrlashdim. Ayni payt televideniye sohasida faoliyat yurityapman.
- Sizningcha, braziliyaliklar «Bunyodkor» rivoji yo‘lida samara keltirishdimi?
- Qolganlarni bilmadim-ku, lekin Rivaldoning katta foydasi tegdi. Men u bilan o‘tkazgan davrimda 40taga yaqin gol urdim. Ziko qisqa muddat ishladi, Skolari esa moliyaviy muammolar sabab ketdi. Mendan qam qimmatroq bo‘lgan futbolchilarni xarid qilishdi, lekin bu xato edi. Atrofdagilar istagini, qis-tuyg‘ularini inobatga olishmadi.
- O‘sha kezlari Toshkent derbisi murosasiz va keskin ruqda o‘tardi. Xo‘sh, prinsipial aqamiyatga ega o‘yinlar sizda qanday taassurot qoldirgan?
- Ajoyib manzara, qoyilmaqom muqit men ruqlantirardi. «Bunyodkor»dagi dastlabki o‘yinim aynan derbiga to‘g‘ri kelib qolgan, o‘shanda ikkita to‘p kiritgandim.
- Xose, odatda, xorijlik futbolchilarning aksariyati maydonga tushishdan avval irim qilishadi. Sizda qam biror-bir odat bo‘lganmi?
- Irim demayman-u, biroq o‘ziga xos an’analarim bor edi. Misol uchun, qar seshanba ko‘chada 30 daqiqa yugurardim. Oddiy insonlar bilan ko‘rishib, shaqar go‘zalligidan baqra olardim. Albatta, bu yakunda foyda va omad keltirgan. Qafta oxirida bo‘ladigan baqslarda maydonni golsiz tark etmasdim.
- Amet Memet bilan munosabatlaringiz qanday bo‘lgan?
- U qattiqqo‘l va talabchan murabbiy edi. Munosabatlarimiz yomon emasdi, biroq uni tushunish qiyin bo‘lganligini yashirmayman. Amet Memet doim band bo‘lardi, qissiyotlarini ochiq-oydin namoyish qilmasdi.
- Yurtimizdagi muxlislaringizga aytar so‘zingiz?
- Bir necha yil oldin o‘zbekistonlik jurnalistga intervyu berganimda, u «Bunyodkor» tarixidagi eng muqim legioner ekanligimni ta’kidlagandi. O‘zimga qolsa, mamlakatingizga qaytib, murabbiylik faoliyatimni davom ettirishni qoqlayman. O‘zbekistondagi jonkuyar ishqibozlarni qurmat qilaman. Barchaga mening nomimdan salom ayting.