Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Andijonda 2-liga musobaqalarida 22ta jamoa ishtirok etmoqda

Andijonda 2-liga musobaqalarida 22ta jamoa ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Andijon viloyatida sportga, ayniqsa futbolga berilayotgan e’tibor havas qilsa arziydigan darajada.

O‘tgan hafta yangi qiyofa kasb etib,  muxlis va sportchilar uchun barcha qulayliklarni o‘zida mujassam etgan “Sog‘lom avlod” stadionining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Andijon viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shuhratbek Abdurahmonovning tashabbusi bilan viloyatning barcha tuman va shaharlarida 2-liga musobaqalarida ishtirok etuvchi jamoalar shakllantirildi.  

Bu yilgi viloyat birinchiligi musobaqalarida 22ta jamoa ishtirok etmoqda.

Kuni kecha Andijon viloyatining bir qator tuman va shaharlari stadionlarida musobaqaning ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. 

Bo‘z tumani o‘yingohida o‘tkazilgan ana shunday tadbirda tuman hokimi Inomjon Mamadaliyev so‘z olib, musobaqa ishtirokchilariga o‘z tabrigini yetkazdi. Shu kuni Bo‘z tuman havaskor yoshlaridan tashkil topgan “Saboteks” jamoasi “O‘zTongKO”ni qabul qildi.

Viloyatning bir qator tumanlari - Oltinko‘l, Xo‘jaobod, Baliqchi, Qo‘rg‘ontepa va Andijon shahar “Sho‘rbuloq” dahasidagi stadionlarda ham musobaqaning tantanali ochilish marosimlari va 1- tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:34, 06.05.2019.
O'qildi: 3048 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик