Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Kibersport. Biznikilar ham jahon chempion bo‘ladimi?

Kibersport. Biznikilar ham jahon chempion bo‘ladimi?

Baho:
+ | -
– Kibersportchilar haqidagi asosiy yanglish fikrlardan biri, ko‘pchilikning ularni kun bo‘yi kompyuter oldida o‘tirib tashqi olam bilan muloqot qilmaydigan, zaif, kasalmand yoshlar deb tasavvur qilishida, – deydi biz bilan sug‘batda kibersportchi Rustam Hakimov.   – Aslida professional kibersportchilar kompyuter o‘yinlari bilan shug‘ullanish bilan bir qatorda sport zaliga ham borib turadi. Bundan tashqari ularning aksariyati, kompyuter o‘yinlaridan tashqari futbol yoki boshqa an’anaviy sport turlari bilan shug‘ullanadi.   Darhaqiqat, o‘tgan yili elektron kompyuter sporti sport turlari rasmiy reestriga kiritilgan edi. Bu esa uni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, kibersport mahalliy AT tarmog‘i uchun raqamli kelajak kalitidir. Katta aviasiya ham shu tariqa, samolyot modellarini karton va fanerdan yasashdan boshlangan edi. Bugun kompyuter sichqoncha va klaviaturasini mohirona boshqarayotgan yoshlar bir kun kelib global raqamli iqtisodiyot yetakchilariga aylanishsa ajabmas.   Yo‘qsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev olg‘a surgan beshta tashabbus doirasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish hamda aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan ishlar ko‘zda tutilgan bo‘larmidi? Bugungi kunda ushbu ikki yo‘nalish o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, yoshlarning dam olishdagi sevimli mashg‘ulotlari – kompyuter o‘yinlarida ham namoyon bo‘ladi.   6.jpg   2018 yili Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida eSports bo‘yicha turnir namoyish uchun mo‘ljallangan sport turi sifatida o‘tkazilgani buning yorqin isbotidir. Mutaxassislar, bugungi kunda asosiy investisiya qilinadigan narsa aql-idrok ekanini qayd etishmoqda. Shu bois ko‘plab tashkilotlar, jumladan moliya muassasalari iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Misol uchun, poytaxtimizda ochilgan “Fidanza” O‘zbekistondagi eng yirik elektron sport majmuasiga «Turkiston Bank» va «Hamsa Concern» kompaniyasi o‘z mablag‘larini ajratdi.   YE-sportda yangi chempionlarni kashf etishga ko‘maklashishi kutilayotgan bu majmuada 160 kompyuter va PlayStation o‘rnatilgan 10 kabinka joylashgan. Shu bilan birga to‘laqonli kafe-bar va dam olish zonalari tashkil etilgan.   – Mazkur loyihaga eng yirik kredit liniyasi ajratilgan, – deydi "Turkiston bank"ning strategik rivojlanish departamenti direktori Saidjamol Azimboyev. – Maqsadimiz O‘zbekistonda kibersportni rivojlantirish. O‘tgan yili kibersport bo‘yicha birinchi o‘rinni olgan g‘olib bir yarim million dollar miqdorida mukofot puli olgan. Yoki Belorus davlatida 2018 yilda axborot dasturlarni eksport qilish miqdori 1 milliard 400 million dollarni tashkil etgan. Ana shu hisob-kitoblar asosida biz ham bu sohaga ko‘p miqdorda mablag‘ ajratdik.   9.jpg   "Fidanza" klubining tantanali ochilishida e-sport yulduzlari hamda olimpiya chempionlari ishtirok etdi. Unda tashkil etilgan terma jamoa a’zolari Dota, Counter-Strike va MortalCombat o‘yinlarida kuch sinashdi. Dasturda tanlov e’lon qilindi. Shartlarga ko‘ra, bir oydan so‘ng o‘yin markazi mehmonlari Spark avtomobilini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Manba: UZA
Kiritildi: 09:28, 07.05.2019.
O'qildi: 1785 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.