Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Ralli Muynoq-2019» musobaqasi g‘oliblariga «Neksiya» va «Spark» avtomashinalari topshirildi

«Ralli Muynoq-2019» musobaqasi g‘oliblariga «Neksiya» va «Spark» avtomashinalari topshirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida 420 kilometrlik masofaga o‘tkazilgan ralli musobaqasi yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan “Ralli Muynoq-2019” musobaqasi Orol dengizining qurigan tubi va Ustyurt tekisligi bo‘ylab tashkil qilindi.

Mo‘ynoq tumanida turizmni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan musobaqaning yopilish marosimi 5 may kuni o‘tkazilib, g‘oliblarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi Raisi Musa Yerniyazov taqdirladi.

Ikki toifada o‘tkazilgan musobaqaning g‘oliblariga “Prezident sovg‘asi” sifatida “Neksiya” hamda “Spark” avtomobillari topshirildi.

 

“A-8” toifali, motor sig‘imi 1600 sm3 gacha bo‘lgan avtomobillar o‘rtasida jizzaxlik Furqat Axrorqulov g‘olib bo‘ldi va “Spark” mashinasini qo‘lga kiritdi.

“A-9” toifali, motor sig‘imi 2000 sm3 gacha bo‘lgan avtomobillar poygasida Andijon viloyatidan Sardor Xo‘jayev g‘olib bo‘ldi va “Neksiya” avtomashinasiga ega chiqdi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rin egalariga mos ravishda 15 hamda 7 million so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.

“Ralli Mo‘ynoq-2019” g‘oliblari:

“A-8” toifali avtomobillar o‘rtasida, motor sig‘imi 1600 sm3 gacha

1-o‘rin: Jizzax viloyatidan Furqat Axrorqulov (shturman: Asqar Hasanov), “Spark” avtomashinasi

2-o‘rin: Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Timur Narziqulov (shturman: Qilichbek Narziqulov), 15 mln.so‘m

3-o‘rin: Andijon viloyatidan Ibrohim To‘ychiyev (shturman: Abdumannon Kazakov), 7 mln.so‘m

“A-9” toifali avtomobillar o‘rtasida, motor sig‘imi 2000 sm3 gacha

1-o‘rin: Andijon viloyatidan Sardor Xo‘jayev (shturman: Akmal Jo‘rayev), “Neksiya” avtomashinasi

2-o‘rin: Toshkent shahridan Jahongir Jabborov (shturman: Rauf Gasanov), 15 mln.so‘m

3-o‘rin: Namangan viloyatidan Alikay Xayrullayev (shturman: Rahim Shermatov), 7 mln.so‘m

Manba: minsport
Kiritildi: 12:14, 07.05.2019.
O'qildi: 2649 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик