Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Liverpul» – «Barselona» uchrashuvidan so‘ng mutaxassis va muxlislar qanday fikrda?

«Liverpul» – «Barselona» uchrashuvidan so‘ng mutaxassis va muxlislar qanday fikrda?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun tunda “Liverpul” chempionlar ligasi yarim final javob o‘yinida “Barselona”ni qabul qildi. Mazkur bahsda “Liverpul” super kambekni amalga oshirib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Uchrashuvdan so‘ng Twitter ijtimoiy tarmog‘ida mutaxassis va muxlislar o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  

Xayrulla Hamidov: Oltin to‘pni Kloppga beringlare... “Kamp Nou”dagi kambekni tarixdan o‘chiringlar! Uch yil chorakfinal, bu yil yarimfinal. Nega xafa bo‘lasizlar, o‘sish boru) “Real”, “Yuve”, “Siti” kelolmagan joyga yetib keloldi, axir...

Sanat Sharipov: Messi balki individual texnika va qobilyat bo‘yicha Ronaldudan kuchlidir, lekin xaraktter bo‘yicha Ronalduga teng kela olmaydi. Hayot-mamot o‘yinlarda Ronaldu Messidan uch kalla baland turadi. Ronalduning eng zo‘r o‘yinlari mana shunday uchrashuvlarga to‘g‘ri keladi.

Bobur Akmalov: Trent Aleksandr Arnoldga “Nobel” bering! G‘alabada Alisson Bekkerniyam e’tirof etib qo‘yinglar! Messiga “Oltin to‘p”?

A sovringa loyiqligini isbotlash uchun “Enfild”ga kelishi kerak edi. Kelmabdi-ku!

Jamol Bobojonov: “MYU” PSJni Parijda yutdi. Daxshat dedik. Endi bu yil bunaqasi bo‘lmaydi dedik. “Ayaks” “Real”ni chiqarvordi. Orqasidan “Yuventus”ga pattasini qo‘liga tutqazdi. “Manchester Siti” – “Tottenhem” o‘yini ko‘rib, bunaqa futbol takrorlanmaydi dedik. Finalni o‘ylasam qo‘rqib ketayapman.

Furqat: Yuragimning urishini uzim eshityapman. Super adrenalin bo‘ldi.

Jasurbek Normetov: Uydan ishga kelguncha maglubiyatga bahona izlab karillagan "Barsafan" borki, ayamasdan tarsaki tushurdim. Qo‘llarim ogrib ketdi, yomonam terisi qattiq bularni)))

Dildora Holboyeva: Men muxlisman. G‘alabani ham mag‘lubiyatni ham tan olaman. “Barselona” sevimli jamoam bo‘lishda davom etadi...

Ikrom Aliboyev: Pley-off o‘yinlari ikkita o‘yindan iborat. Tak chto nikogda ne  rasslabsya))))  Xayrli tun va Xayrli tong! Kuningiz xayrli o‘tsin Ro‘zadorlarga sabr. Bu dunyoda futboldan ham muximroq ishlar bor asabni asrang. U yakinlaringiz uchun kerak.

Shag‘boz Beg‘amov: «Barselona», naxotki? Ketma-ket ikkinchi yil-a? «Barselona» ancha Psjlashib ketibdi. Usta Yurgen Klopp!

Alisher Nikinbayev: Tri pretendenta na Zolotoy myach:

1. Trent

2. Aleksander

3. Arnold

Qahramon Aslanov: APL ni ikkinchi komandasini ikkinchi sostavi La liga chempionini dovdiratib tashladiku) 22 yoshli Aleksandr Arnold uglavoyda qilgan ishni, Eshli Yang, Fil Jons va Smollingni Zakovatchilar stoliga o‘tqazib, ikki minut vaqt berilsayam o‘ylab topa olmasalar kerak :)

Faraon: Yillar davomida hech narsa yutolmasa ham nega “Liverpul”ga muxlislik qilishlarini endi tushundim.

Odilbek Tolipov: “Liverpul” bu uyini uchun APLni xam olsa xursand bo‘lardim. Xudoga shukur, 4:0 xisobida yaxshiyam “Liverpul”ga yutqazganimiz, “MYU”ga yutqazmaganimizda. Eshigimni tagiga kelishvolardi karnay-surnaylarini kutarib (:

Jaloliddin Qobiljonov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:57, 08.05.2019.
O'qildi: 24636 marta.
Fikrlar: 40 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.