Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Oybek Rustamov: «Gol urishim davomli bo‘ladi»

Oybek Rustamov: «Gol urishim davomli bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Coca Cola superligasining 7-tur uchrashuvida “Qo‘qon-1912” jamoasi , safarda amaldagi chempion , Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan ochko tortib olishga erishdi. 2-2 hisobidagi durang natijada Qo‘qonliklar himoyachisi Oybek Rustamovning ham hissasi katta bo‘ldi. Oybek ushbu o‘yinda “Lokomotiv” jamoasi darvozasiga gol kiritib , jamoadoshlarida o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yuksaltirishga erishdi. Biz Oybek Rustamov bilan o‘tgan o‘yin hamda navbatdagi “Bunyodkor” jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘yin haqida suhbatlashdik.
-“Lokomotiv”  jamoasi qarshi o‘yin haqida fikringiz. Siz himoyachi bo‘lsangizda uchrashuvda muhim golni kiritdingiz.

“Lokomotiv”ga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazdik. Uchrashuv boshlanmasidanoq jamoamiz sardori Murod aka Holmuhammedovning jarohat olishlari bizga ikki hissa kuch bilan o‘ynashimiz lozimligidan darak berardi. Bundan avvalgi turda Bekobod shahrida , “Metallurg” jamoasiga imkoniyatini boy bergan edik. Shuning uchun “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda yutkazishga haqqimiz yo‘q edi. Tayyorgarlik ham shunga yarasha bo‘lgandi. Uchrashuv qiyin o‘tishini bilgan holda , murabbiylarimizning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarishga harakat qildik hamda bunga erishdik deb o‘ylayman.Golga kelsak, hamma futbolchi qaysi nuqtada o‘ynashidan qat’iy nazar gol urgisi keladi. Men ham shunga intildim va mavsumdagi ilk golimni kiritdim. O‘ylaymanki bu gol bilan to‘xtab qolmayman, gol urishim davomli bo‘ladi. Buning uchun maydonda astoydil  harakat qilaman.

-Mavsum starti jamoa uchun omadsiz boshlandi. Bunga nima sabab deb o‘ylaysiz ?
To‘g‘ri aytasiz mavsum boshida mag‘lubiyat va duranglar ko‘p bo‘ldi. Ayrim o‘yinlarda omad bizdan yuz o‘girdi. Lekin biz bu holatdan tushkunlikka tushganimiz yo‘q. Hamma ko‘rib turganidek o‘yindan-o‘yinga jamoamiz kuchayib bormoqda. Hali mavsum uzoq davom etadi, hali g‘alabali seriyalarimiz bo‘ladi albatta. Qo‘qonlik muxlislarni xursand qilamiz. Shu o‘rinda qiyin damlarda bizni yolg‘izlatib qo‘ymayotgan aziz muxlislarimizga katta rahmat aytaman.

photo_2019-05-03_17-33-30
-Siz “Championat.asia” sayti talqiniga ko‘ra , o‘tgan tur ramziy terma jamoasidan joy oldingiz.
Turning ramziy terma jamoasiga kirganimdan xursandman. Bu albatta odamga yoqimli hissiyotlarni taqdim qilish bilan birga yanagi turlarda bundan ham yaxshiroq o‘ynashga undaydi. Tur ramziy terma jamoasidan keyingi turlarda ham joy olishga umid qilaman va buning uchun astoydil mehnat qilishga tayyorman.

-Oldinda kutib turgan “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o‘yin haqida nima deya olasiz ?
Jamoamiz allaqachon “Bunyodkor”ga qarshi tayyorgarlikni boshlab yuborgan. “Bunyodkor” yaxshi jamoa , ular har qanday raqibga qarshi chiroyli o‘yin namoyish qilishmoqda. Biz ham shunga yarasha tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Raqibga hurmatimni saqlagan holda shuni aytmoqchimanki, biz bu o‘yinda faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Boshqa natija bizni qoniqtirmaydi. Xudo hohlasa ramazon oyida muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuch va hayratimizni ishga solamiz.

Akramjon Mamadaliyev suhbatlashdi.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 10:23, 09.05.2019.
O'qildi: 1882 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.