Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Andijondagi 37-maktabgacha ta’lim muassasasida yosh bolajonlar bilan futbol mavzusida uchrashuv tashkil qilindi

Andijondagi 37-maktabgacha ta’lim muassasasida yosh bolajonlar bilan futbol mavzusida uchrashuv tashkil qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise prezidenti Umid Ahmadjonovning joriy yilning aprel oyida Andijon viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘iga asosan, Asaka tumanidagi 37-Maktabgacha ta’lim muassasida yosh bolalarni futbolga jalb qilish va ularda millionlar o‘yiniga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Bekzodbek Karimov, faxriy futbolchi Rahim Qodirov, viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi direktori Nasibullo Madrahimov, Sog‘lom Avlod uchun xayriya fondi viloyat filiali rahbari Tursunboy Berdirahmatov ishtirok etishdi. Ular muassasada tarbiyalanayotgan bolalar va ularning ota onalari hamda bog‘cha tarbiyachilari bilan birga davra suhbati o‘tkazishdi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbus bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va shu bilan birga kelajakda futbolchi bo‘lishni maqsad qilgan bolajonlarga bu borada to‘g‘ri maslahatlar berib, ularni to‘g‘ri yo‘naltirishdan iborat.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 12:14, 09.05.2019.
O'qildi: 1908 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик