Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Metallurg» – «Lokomotiv». Prevyu

«Metallurg» – «Lokomotiv». Prevyu

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning amaldagi chempioni Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi “Metallurg”ning eng noqulay raqiblardan biri sanaladi.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionati oliy ligasi doirasida bugunga qadar o‘zaro 30 bor maydonga chiqishgan bo‘lishsa, mazkur uchrashuvlardan 4 tasida “Metallurg” g‘alaba qozongan. 8 ta uchrashuvda tomonlar ochkolarni bo‘lib olishgan. 18 ta o‘yinda esa omad temiryo‘lchilar tomonida bo‘lgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 24:54, toshkentliklar foydasiga.

Quyida mazkur jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan so‘nggi oltita uchrashuvi natijalari bilan tanishing:

14.09.2018 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:1
26.05.2018 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 2:0
18.08.2017 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 1:2
25.06.2016 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 3:3
12.03.2015 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:0
05.08.2010 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 1:0

Tanishing, raqibimiz – “Lokomotiv”!

O‘zbekiston XXVIII milliy chempionati – Coca Cola Superliganing 8-turidagi raqibimiz – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi mamlakatimizning amaldagi chempioni hisoblanadi. O‘tgan mavsum poytaxtliklar qatorasiga uchinchi marta g‘oliblikni qo‘ldan boy berishmadi. “Lokomotiv” shuningdek, uch karra mamlakat vise-chempioni (2013, 2014, 2015), O‘zbekiston kubogi (2014, 2016, 2017), Superkubogi (2015, 2019) sohibi ham hisoblanadi. Oxirgi yillarda “Lokomotiv” xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini himoya etib kelmoqda, OFK chempionlar ligasi chorak finali ishtirokchisi (2016) bo‘lgan.

Temiryo‘lchilar oliy liga bahslarida bugungacha 405 ta o‘yin o‘tkazishgan bo‘lib, shulardan 209 tasida g‘alaba qozonishgan. Ular ishtirokidagi 80 o‘yin durang natija bilan tugagan bo‘lsa, 116 uchrashuvda imkoniyatni boy berishgan. “Lokomotiv” raqiblari darvozasini 682 marta ishg‘ol etgan holda, o‘z darvozalaridan 463 ta to‘p olib chiqishgan.

Jamoaning milliy chempionatlarimizdagi eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 7:0 (2015 – “So‘g‘diyona”, 2017 – “Obod”). Eng yirik mag‘lubiyati – 1:7 (2006 – “Paxtakor”). “Lokomotiv”ning bitta mavsumda eng ko‘p gol kiritgan futbolchisi Marat Bikmayev hisoblanadi. U 2017 yili raqiblar darvozasiga 27 ta to‘p kiritgandi.

"Metallurg" matbuot xizmati.

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:09, 09.05.2019.
O'qildi: 2118 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.