Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Sarri: «Agar Azar ketishni istasa, uning o‘rniga bizga yuqori motivasiyaga ega futbolchi kerak»

Sarri: «Agar Azar ketishni istasa, uning o‘rniga bizga yuqori motivasiyaga ega futbolchi kerak»

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Sarri jamoa rahbariyati bilan yarim himoyachi Eden Azarning kelajagini muhokama qildi.

«Agar Azar klubdagi faoliyati yakuniga yetgan deb hisoblasa, demak shunday. Men u bilan gaplashishga harakat qilaman, ammo bu oson bo‘lmaydi. Albatta, men Eden jamoada qolishini istardim, ammo bizga yuqori motivasiyaga ega futbolchi kerak.

Odatda bunda savolni klub rahbariyatiga berish kerak. Boisi, men transfer ishlari bilan shug‘ullanmayman. Futbolchilar bilan shartnomani uzaytirish masalasiga ham men mas’ul emasman. Shu bois, bu savollarga javob bera olmayman. Men futbolchilar bilan ota sifatida gaplashishim mumkin, ammo menejer sifatida emas. Lekin ular bilan gaplashsam ham bu haqda sizga hech narsani aytmayman. Bu ota va o‘g‘il o‘rtasidagi suhbat bo‘ladi», – dedi Sarri.

28 yoshli Azar «Real» safiga o‘tmoqchi. Tomonlar muzokara olib borishmoqda, ammo hozircha transfer summasi borasida bir to‘xtamga kela olishmayapti. Belgiyalik futbolchining «Chelsi» bilan shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 14:38, 11.05.2019.
O'qildi: 3552 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик