Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Muhammad Salah «Yuventus»da?!

Muhammad Salah «Yuventus»da?!

Baho:
+ | -

Muhammad Salah «Yuventus»da?!
Yaqin kunlarda «Liverpul» yulduzi Muhammad Salahning klubdan ketishi to‘g‘risida ko‘plab mish-mishlar paydo bo‘ldi. Bugun aynan shu mavzuga to‘xtalib o‘tamiz.

Milner va Salah

«Liverpul»ning faxriy futbolchilaridan biri va klubning penaltiy tepuvchi futbolchisi sanaladigan Jeyms Milner va qahramonimizning munosabatlari yomonlashganidan ko‘pchilikning xabari bo‘lmasa kerak. Yakunlanayotgan mavsumning boshida Salah bir necha bor Milnerdan penaltini amalga oshirishni unga topshirishini iltimos qilgan. Ingliz futbolchisi bundan bosh tortgan va aynan shu masalada klubdagi futbolchilarning fikri ikki xil ko‘rinishga keladi. Doimo ichki intizomni talab qiluvchi Klopp esa  Milnerni hurmat qilish zarurligini Salahga uqtiradi va penaltiy tepish huquqi to‘liq Milnerga o‘tadi. Aynan o‘sha mojarodan so‘ng  bir nechta ingliz nashrlari Salahning klubdan ketishini taxmin qilishgan edi va vaziyat ham shunga yaqinlashib qolgndek tuyulmoqda. Yurgen Klopp agarda moliyaviy qulay taklif tushadigan bo‘lsa, Salahni ushlab qolishdan manfaat yo‘qligini yaxshi his qilib turibdi. Bir paytlar Koutino klubdan ketganida ham klub zarracha kuchsizlashib qolmagan, qaytanga yangi o‘yinchilar klubni yangi darajaga olib chiqqan edi. Shunday ekan Salahning klubdan ketishi mavsum so‘ngiga kelib tobora aniq bo‘lib boryapti.

«Liverpul»da ichki nizolar

Hozirda klubda ichki nizolar ko‘payib bormoqda deb yozmoqda «Newslink» nashri klub ichidagi ishonchli manbaalarga tayangan xolda.
Manbaaning takidlashicha, klubda Milner va Salahning tarafdorlari orasida so‘z qochgan va Klopp bu muommalarni yechimi sifatida Salahni sotib yuborishni mo‘ljallamoqda.
Bunday xol bundan avval ham braziliyalik Felippe Koutino bilan bo‘lgan va klub uni «Barselona»ga ichki muhitni yaxshilash maqsadida sotib yuborishga majbur bo‘lgan edi. Endilikda Salahning klubda qolmasligi tobora aniq bo‘lib bormoqda va unga munosib o‘rinbosar sifatida aynan Dibalaning klubga kelishi ehtimoli yuqori.

Dibala va 40 million yevro

Argentinalik futbolchining mavsum so‘ngida «Yuventus»dan ketishi borasida Italiyaning bir nechta nashrlari yozishmoqda va bu ayni xaqiqat! Paolo Ronalduga o‘ynaydigan «Yuve»da o‘zi uchun pozisiya yarata olmadi va ochiqchasiga zahiraga «mixlanib» qoldi. Uning iqtidoriga shubha bo‘lishi mumkin emas, biroq buni amalda ko‘rsatish uchun yangi klubga o‘tish shart!
«Le Gazzeta dello sport» nashrining xabar berishicha «Yuventus»ning yangi mavsumdagi ilk haridi katta ehtimol bilan Muhammad Salah bo‘ladi va klub «Liverpul»ga 40 million yevro va Paolo Dibalani qo‘shib beradi! Yana shu ham ma’lumki tomonlar kelishuv shartlarini kelishib olish maqsadida hademay rasmiy uchrashuv o‘tkazishadi. Bu kelishuvdan ikki futbolchi ham, ikki klub ham foyda ko‘rishini hisobga olsak, bu kelishuv amalga oshadi va yozda Salah «Yuventus»ga o‘tadi.

Salahni shaxsan Ronaldu «Yuventus»ga olib kelmoqchi

Portugaliyalik futbolchi klubga  YECHLni yutib bera olmagan bo‘lsada, anchagina daromad keltirgani haqida bundan avvalgi maqolalarimizda eslatib o‘tgan edik. Aynan Ronalduga suyangan xolda «Yuve» yangi, kuchli klub tuzish maqsadida futbolchi bilan transfer masalasida maslahatlashgani haqida ancha avval xabarlar tarqagan edi. Aynan Ronaldu jamoada ko‘rishni istagan futbolchilar orasida Salah birinchi o‘rinda turibdi. Salahning kelishi «Yuventus» klubining marketing ishlarida ham yaxshigina daromad olishni va YECHLda g‘olib chiqish imkonini oshiradi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 16:04, 16.05.2019.
O'qildi: 25634 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.