Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Jahongir Mehmonov: «Muxlislarga quvonch ulashmoqchimiz»

Jahongir Mehmonov: «Muxlislarga quvonch ulashmoqchimiz»

Baho:
+ | -

Coca Cola Cuperliga 9-turi doirasidagi “Navbahor” – “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin  “lochinlar” sardori Jahongir Mehmonov bo‘lajak o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib, jumladan, shunday dedi:

“Metallurg”- jiddiy raqib va jamoamizdan bor-yo‘g‘i bir ochko kam jamg‘argan holda, turnir jadvalida 7-pog‘onani egallab turibdi. Shu bois,bo‘lajak bahsda bekobodliklar bizga munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qilishadi. Shunday ekan, bo‘lajak o‘yinning keskin   kurashlar ostida hamda shiddatli tarzda kechishi ehtimoli yuqori. Shuning uchun mazkur uchrashuvga ancha puxta va jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik.

Jamoamiz uchun qadrli bo‘lgan maydonda, stadion to‘la muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari ostida o‘ynashning gashti baribir boshqacha. Biz – ushbu o‘yinda g‘alaba qozonib, ishqibozlarga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.     

Ayni paytda jamoamizda a’lo kayfiyat hukmron.

Jahongir Mehmonov rasmi 1

 

Bekobodliklar bilan bo‘ladigan uchrashuvdan keyin ham ushbu kayfiyatni saqlab qolmoqchimiz hamda o‘z yutug‘imiz bilan  muqaddas Ramazon oyida  muxlislarning uylariga xursand holda qaytishlariga munosib hissamizni qo‘shish niyatidamiz.

Ishqibozlar ham bo‘lajak bahsda jamoamizni munosib va ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashsa bo‘lgani. 

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.      

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:49, 19.05.2019.
O'qildi: 1520 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик