“Barselona” himoyachisi Jordi Alba Ispaniya Kubogidan o‘rin olgan “Valensiya”ga qarshi bahsda yubiley o‘yinini o‘tkazdi.
30 yoshli Alba uchun bu “Barselona”dagi 300-o‘yini bo‘ldi. Joriy mavsum u 53ta o‘yinda 3ta gol urdi va 15ta golga assistentlik qildi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2012 yildan buyon “Barselona” safida to‘p surib keladi. U jamoa bilan 15ta sovrin yutgan.