Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Bundesligaga shov-shuvli qaytgan «Union» muxlislari qanday xursandchilik qildi? (video)

Bundesligaga shov-shuvli qaytgan «Union» muxlislari qanday xursandchilik qildi? (video)

Baho:
+ | -

“Union Berlin” klubi Bundesligaga o‘tish o‘yinida “Shtutgart”ni shov-shuvli tarzda yengib tarixida ilk bora Bundesliga yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Berlin klubi “Shtutgart” maydonidan 2:2 hisobi bilan qaytgan edi. Shu tariqa, safarda urilgan gollar evaziga kamtarona jamoa yangi mavsumni 1990 yilda paydo bo‘lgan Bundesligada boshlaydigan bo‘ldi.

Germaniya birlashganiga qadar “Union Berlin” 1988/1989 yil mavsumida GDR chempionatida o‘ynagan va oliy ligadan quyi ligaga tushib ketgan. Joriy mavsum “Union Berlin” Bundesliga-2da 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, o‘tish o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgandi.

Nomdor “Shtutgart” jamoasi esa yana elitaga qaytib, yana quyi divizionga ravona bo‘ldi. Eng qizig‘i shundaki, “Union” muxlislari jamoalarining Bundesligaga chiqishini mana shunday tarzda nishonlashdi.

VIDEO

Germaniya chempionati

O‘tish o‘yini, javob uchrashuvi.

Union Berlin – Shtutgart 0:0 (0:0, 0:0).

Union Berlin – Gikevich, Fridrix, Rayxel, Ryuerson, Xyubner, Premel, Shmidebax, Jul (Parensen, 90), Xartel (Mees, 65), Abdullaxi (Gogiya, 82), Andersson.

Shtutgart –Siler, Kabak, Aogo, Pavar, Badshtuber, Askasibar, Gentner, Akolo, Suber (Kastro, 68), Gonsales (Gomes, 46), Donis (Didavi, 60).

Ogohlantirishlar: Shmidebax (51), Gentner (72), Fridrix (90).

Dastlabki o‘yin: 2:2.

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 03:42, 28.05.2019.
O'qildi: 6918 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик