Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Bir davlatning ikki klubi YECHL finallarida necha bor to‘qnashgan?

Bir davlatning ikki klubi YECHL finallarida necha bor to‘qnashgan?

Baho:
+ | -

Darhaqiqat, YECHL tunir doirasidagi finallarning 6 tasi bir davlatning ikki klubidan iborat bo‘lgan va bu mavsumdagi final bunday finallarning yettinchisi sifatida tarixga kiradi. Bugun bundan avvalgi 6 ta final haqida qisqacha

2000-yil Parij

«Real Madrid»: «Valensiya»

Final oldidan ko‘plab mutaxassislar Ektor Kuper boshchiligidagi «ko‘rshapalaklar»ni fovorit deb qayt etishgan edi.  O‘sha mavsumda Kuper va uning shogirdlari o‘ta ishonchli o‘yin namoyish etib finalga yetib kelgan edi. «Real Madrid» esa, «La liga»da 5-o‘rin bilan cheklanishga majbur bo‘lgan edi. Final uchrashuvi kutilmaganda «Real Madrid»ning yirik    3 : 0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlanadi. Ektor Kuper shogirtlariga o‘sha uchrashuvda o‘z kuchiga ishonch yetishmagan bo‘lsa, keyingi mavsumdagi finalda biroz omad yetishmaydi va ular YCHL finalida«Bavariya»ga yutqazib qo‘yishadi.

2003-yil «Manchester»

«Yuventus» : «Milan»

2002 – 2003 - yildagi mavsumda «Yuve» katta farq bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, «Milan» 3-o‘rin bilan «A seriya»ni yakunlagan bo‘lsada, finalda omad ularga kulib boqadi. «Penaltilar seriyasi»da Andrey Shevchenkoning so‘nggi zarbasi uchrashuvga nuqta qo‘yadi. O‘sha finaldan so‘ng, «Milan» yana bir bor YCHLda g‘olib chiqishning uddasidan chiqqan bo‘lsa, «Yuventus» finallarda Ispan klublariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

2008-yil «Moskva»

«Chelsi» : «Manchester Yunayted»

Moskvada bo‘lib o‘tgan YCHL finali chinakam inglizcha bo‘lgan edi. Gollar, qizil kartochka, kutilmagan burilish, Ronaldu va Terrining noaniq penaltini amalga oshirgani… Voqealarga boy bo‘lgan uchrashuvning asosiy vaqtida hisob 1 : 1 bo‘lgan «Penaltilar seriyasi»da Jon Terriyning sirpanib ketishi «Chelsi»ni YCHL g‘olibligidan mahrum qilgan edi. O‘sha noaniq penaltidan so‘ng Jon Terriy shu qadar ruhan cho‘kib qolgan ediki, o‘ziga kelishi uchun uzoq vaqt ruhshunos yordamidan foydalangan edi.

2013-yil «London»

«Borussiya Dortmund» : «Bavariya»

«Bundesliga»ning ikki grand klublari to‘qnashuvi «Bavariya»ning 2 : 1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan va o‘sha mavsumdan boshlab Yurgen Kloppning hayotidan omad deb ataluvchi bevafo narsa butunlay chiqib ketgan edi. Londondagi bahsdan so‘ng Klopp 2 bor Germaniya kubogi, bir bor Angliya Liga kubogi, YCHL finali, Yevropa Ligasi finallarida mag‘lubiyatga uchraydi va hozirga qadar birorta sovrinni qo‘lga kirita olamaganiga ishonish qiyin

2014-yil «Lissabon»

«Atletiko Madrid» : «Real Madrid»

18 yildan so‘ng yana Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan Simeoni shogirdlari, «Lissabon»dagi final uchrashuvida hisobni ochishgan, va bu natija 93 daqiqaga qadar saqlanib turgan edi… Baxtga qarshi so‘nggi daqiqalarda burchak to‘pidan unumli foydalangan Serhio Ramos o‘yinni qo‘shimcha taymlarga o‘tkazgan va qo‘shimcha taymlarda ruhan sinib qolgan «Atletiko Madrid» yana 3 golni o‘z darvozasidan olib chiqqan edi.  

2016-yil «Milan»

«Atletiko Madrid» : «Real Madrid»

Madridning ikki klubi to‘qnash kelgan ikkinchi final uchrashuvida yana Serhio Ramos gol urib hisobni ochgan, ikkinchi bo‘limda esa, Karasko imkoniyatlarni tenglashtirgan edi. Penaltilar seriyasiga qadar cho‘zilgan uchrashuvning antiqahramoni sifatida Xuanfran katta sahnaga chiqadi va «Real Madrid» jamoasining chempionligi uchun katta yordam berib yuboradi.

«Tottenhem» : «Liverpul»

Hisob bo‘yicha bir davlat klublari o‘rtasidagi 7-final uchrashuviga bo‘lgan qiziqish yuqoridagi uchrashuvlardan zarracha ortda qolmasligi aniq. Ko‘ramiz final uchrashuvi Britaniyaning qaysi klubi tarix kitobida oltin harflar bilan o‘z nomini yozib qo‘yar ekan?!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:53, 28.05.2019.
O'qildi: 6579 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.